#Murojaat va natija

23-05-2022 | 22:07

743

#Aholining sayyor qabullar davomidagi murojaatlari o'z vaqtida ijobiy hal qilinsa quruq va'da emas amaliy natijaga erishgan bo'lamiz. Beruniy tumani 1-sektor hududidagi, Abay OFY tuman markazidan olisda joylashgan. 

#Quralpa aholi manzilidagi 2 kilometr ichki ko'chalarga, fuqarolarning sayyor qabullar davomidagi murojaatlariga asosan Beruniy tumani yo'llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan
tuproq yo'llari tekislanib, qum-shag'al aralashmasi yotqizildi. O'z vaqtida bajarilgan ishlar nafaqat ish unumdorligini oshiradi balki, aholining kayfiyatiga ham ijobiy ta'sirini o'tkazadi.                                     🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati