MUNOSABAT

26-12-2023 | 15:09

237

Hurmatli Prezidentimiz raisligida o'kazilgan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat  Kengashining kengaytirilgan yig'ilishida boshidan oxirigacha to'lqinlanib o'tirdim. Prezidentimiz sohaga jon kuydirib, kelajak taqdiri uchun qayg’uriyotgan bir vaqtda biz o’zimizga savol berib ko’raylik! G’oyaviy mafkura sohasi raqobatga tayyormi? Nevaralarimiz qaysi zamonda yashaydi degan savol bizni qiynashi kerakmi, yo’qmi? Yosh avlodimiz tarbiyasi murakkab zamon talabiga javob beryaptimi degan savol ko’ndalang turibdi. Mana bugun ma’naviy-ma’rifiy sohada masala qanday o’tkir turibdi. Bular oddiy savollar emas odamni jiddiy o’ylantiradigan, tashvishga soladigan savollar.  Agar biz bu yorug’ dunyoda o’zbek, O’zbekiston degan nom bilan yashab qolishni istaydigan bo’lsak, bu savollarga bugun javob topishimiz va  ularni hal etish bo’yicha amaliy harakatlarni bugundan boshlashimiz kerak ertaga kech bo’ladi deb bizning oldimizga katta mas’uliyat qo’ydilar. Shu o’rinda hurmatli Prezidentimiz tomonidan 5-sektor Ma’naviyat sektorining tashkil etilishiga qaratilgan e’tibori bu jamiyatimizda ijtimoiy ma’naviy muhitning yaxshilanishiga olib keladi. Bugun dunyo shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrda ma’naviyat sohasi o’n qadam oldida bo’lib, yoshlarimizda g’oyaviy tahdidlarga nisbatan immunitet paydo qilishimizga zamin yaratadi. Hurmatli Prezidentimizning ma’naviyat boshqa sohalardan oldinda turishi, yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerak degan gaplari biz ma’naviyat sohasi xodimlari zimmasiga katta kuch va mas’uliyat yuklaydi.

 

Razzakova Pardagul Kuzibaevna

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Beruniy tumani bo'linmasi rahbari