Milliy va xalqaro sertifikat olish imkoniyatlariga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi.

22-12-2023 | 09:42

163

“Chet el tajribasini ommalashtirish o'n kunligi" mavzusida Beruniy tumani Yoshlar markazida Beruniy, To'rtkul hamda Ellikqa'la tumanlari umumta'lim maktablarining ingliz tili fani o'qituvchilari uchun o'quv seminar o'tkazildi.

 

Seminarni o'tkazishdan maqsad O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi 5117-sonli qarorida 2024-2025-o'quv yilidan umumtalim maktablarida faoliyat yuritayotgan chet tili fani o'qituvchilarini milliy va xalqaro sertifikatga ega bo'lishi belgilab berilgan.

 

Ayni paytda ushbu milliy va xalqaro sertifikatga ega bo'lmagan o'qituvchilarni  sertifikat bilan ta'minlash maqsadida chet tili fani o'qituvchilariga sertifikat olish imkoniyatlari to'g'risida master klass asosida seminarlar tashkil etilmoqda.