“Menga armiya nima beradi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo’lib o’tdi

02-02-2024 | 18:58

124

Beruniy tumani madaniyat markazi zalida chaqiruv mavsumiga saralangan  chaqiriluvchi yoshlar bilan “Menga armiya nima beradi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri hamda ta’lim muassasalarining bitiruvchi sinf o’quvchi yoshlar bilan oliy harbiy ta’lim muassasalari bo’yicha targ’ibot-tashviqot doirasi katta tadbir o’tkazildi.

Tadbirda Shimoliy-g’arbiy harbiy okrugi qo’shinlari qomondoni general mayor Shermatov Farxadjon Ortikovich, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo’yicha o’rinbosari polkovnik Do’smatov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig’i polkovnik Raximov Ixtiyor Matsapayevich, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo’yicha o’rinbosari podpolkovnik Yarmatov Akbar, tuman hokimi Xidirov Ikram To’rabayevich, tuman mudofaa ishlari bo’limi boshlig’i podpolkovnik Tilloyev Shuhrat Usmonovich, tuman sector rahbarlari hamda Beruniy va Ellikqal’a tumani muddatli harbiy xizmatga saralangan chaqiriluvchi yoshlar,Beruniy tumani ta’lim muassasalarining oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish istagini bildirgan nomzodlar hamda chaqiruvga qadar boshlang’ich fani o’qituvchilar.

          Tadbir qatnashuvchilari- Beruniy tuman muddatli harbiy xizmatga saralangan chaqiriluvchilar 150 nafar, Ellikqal’a tumani muddatli harbiy xizmatga saralangan chaqiriluvchilar 100 nafar, Beruniy tumani barcha ta’lim m uassasalari chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik fani o’qituvchilari 70 nafar hamda oliy harbiy bilim yurtiga o’qishga topshirish istagini bildirgan nomzodlar 150 nafar qatnashuvchilar qatnashdi.

          Tadbirni Shimoliy-g’arbiy harbiy okrugi qo’shinlari qomondoni general mayor Shermatov Farxadjon Ortikovich boshlab berdi va yoshlarga “Men aymiyada qanday fazilatlarga ega bo’ldim, menga nima berdi” har bir fuqaro vatanparvar bo’lishligi O’zbekiston Respublikasi himoya qilish konstitutsiyaviy burchi ekanligi, O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosi Qonunda belgilangan tartibda muddatli yoki muqobil xizmat qilishga majburdirlar, Vatanga sadoqatli farzand bo’lish, ota-onaga mexr murovadli bo’lish, qatliyatli va bir so’zli bo’lish, dunyoviy qarashi va fikirlash doirasi kengayishi, Ota bobolarimiz hamda buyuk sarkardalarga munosib vorislari bo’lishliklari to’g’risida tushunchalar berdi. Beruniy tumani ijtimoiy mehnat muxofazasi va pensiya jamg’armasi boshlig’i, tuman kenhashi deputati Atabayev Ilxamjon Tolibayevich, Beruniy tuman mudofaa ishlari bo’limi kadrlar bo’limi boshlig’i Nazarxanov Islam Nazarxan o’g’li, Beruniy tuman Yangibod MFY yoshlar yetakchisi Suleymanov Otabek Egambergan o’g’lilar o’zlarining hayot faoliyati erishgan yutuqlar va “Armiya menga nima berdi” mavzularida o’z fikirlarini bildirib yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalsh va hamda yigitlik burchini ado etishligi, vatan himoyachilari bo’lishlik mard kasbi ekanligini aytib o’tdilar.

Beruniy tuman mudofaa ishlari bo’limi kadrlar bo’limi boshlig’i Nazarxanov Islam Nazarxan o’g’li O’zbekiston Respublikasi amaldagi yangi tahririning 64-moddasiga asosan, O’zbekiston Respublikasini himoya qilish O’zbekiston Respublikasi harbiy fuqaroning burchi ekanligi, O’zbeksiton Respublikasi fuqarolari qonunda belgilangan tartibda muddatli harbiy xizmat yoki muqobil xizmat o’tashga majbur ekanliklarini aytib o’tdi.