«Maktabdan kasb va tilni bilib chiqqan bola jamiyatimizning katta yutug'i, bilmagani muammo». Kasbga o'qitish bo'yicha seminar.

11-02-2024 | 22:20

74

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan umumta'lim maktablarida o'quvchilarga ikkita xorijiy til va kasb o'rgatish tizimini joriy etish yo'lga qo'yilmoqda. Bu esa yosh avlodning maktab ta'limiga qo'shimcha ravishda kasb o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini yuzaga chiqaradi. Beruniy tumani MMTB ga qarashli 69-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida 2023-2024 o'quv yili sentyabr oyidan boshlab 10-sinfda ta'lim olib kelayotgan 23 nafar o'quvchilarni kasbga o'qitish ishlari yo'lga qo'yilib davlat tomonidan o'qitiladigan tikuvchilik yo'nalishida 15 nafar, dasturlash yo'nalishida 8 nafar o'quvchilar jalb qilingan. Shuningdek maktabda tadbirkorlar tomonidan o'rgatiladigan ayollar sartaroshi, erkaklar sartaroshi, milliy taomlar oshpazi, payvandlash yo'nalishi bo'yicha to'garaklar tashkil kilinib to'liq maktab kasbga o'qitish bo'yicha namunali tarzda ta'mirlanib jixozlangan.

Maktabda  7-sinfda ingliz tili fani o'qitilib ikkinchi xorijiy til sifatida  frantsuz tili fani o'qitish ishlari tashkil qilinib mutaxassis bilan ta'minlangan.Respublika miqyosida  “Bizning tanlagan kasbimiz -  kelajagimiz poydevoridir”mavzusida Beruniy tumanida seminar bo'lib o'tdi unda ko'rgazmalar tashkil qilindi. Seminarda Qoraqalpog'iston Respublikasida kasbga o'qitish ishlari tashkil qilingan maktab direktori o'rinbosarlari, psixologlari, ikkinchi xorijiy til, texnologiya va kasbga o'qitish mutaxassislari ishtirok etdi.

Seminarda Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligidan E.Nurtaev va M.Umirzakovalar ishtirok qilishib Beruniy tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i- A.Xudaybergenov seminarni ochib berdi.                                             

Seminar ishtirokchilari  7-sinfda o'tkazilgan 1 va II-gurux Xorijiy til-Frantsuz tili, 10-sinfda tikuvchilik yo'nalishi bo'yicha xamda   dasturlash yo'nalishi bo'yicha o'tkazilgan Ochiq darslarni kirib  kuzatish bilan birgalikda kasb-hunarga o'rgatiladigan qo'shimcha ayollar sartaroshi, erkaklar sartaroshi, milliy taomlar oshpazi, payvandlash yo'nalishi bo'yicha   kasb to'garaklari faoliyati bilan tanishdilar.

Seminarda o'quvchilarning o'zlari tikkan kiyimlari yuzasidan modalar namoyishi bo'lib o'tdi, maktab psixologlari tomonidan “Kasblar mamlakatiga sayoxat” treningi, “Mening kelajakdagi kasbim” psixologik treninglari o'tkazildi.

Seminar yakunida maktab direktori T.Kazakov kasbga o'qitish ishlarini qanday tashkil qilganligi yuzasidan tushuncha berib ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob berdi.