Mahalla-xalq va davlat o'rtasidagi ko'prik.

27-01-2024 | 21:23

89

Mahallaning bugun jamiyatdagi roli oshishi, fuqarolar murojaatlari va muommolarining eng quyi bo'g'inda hal qilinishi mazkur tizimning yanada mukammal bo'lishi borasida bir qancha natijali ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi qo'mita raisi SH.Utemisov Beruniy tumanidagi 40 ta mahalla raislari bilan uchrashib, ularning ishida zarur bo'lgan ko'rsatmalarni berdi. Mahalla raisining ish hujjatlarini yuritishi, ularga yaratilgan shart-sharoitlar, ko'chaboshilar bilan ishlash bo'yicha to'liq ma'lumot berdi. Hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog'istonga tashrifi davomida barcha mahallalarga 500 mln so'mdan mablag' berilishi bo'yicha tegishli topshiriqlar berilgan bo'lib, hozirda mazkur mablag'lar hisobidan mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasida ishlar amalga oshirilmoqda. Albatta bu borada olib borilayotgan ishlardagi shaffoflikni ta'minlashni to'g'ri yo'lga qo'ygan holda, mahalla raislarining xalq oldida hisobdorligini oshirish va bajarilayotgan ishlar yuzasidan mahalla ahliga hisobot berib borish lozimligini bildirib o'tdi. Bundan tashqari mahalla yettiligining faoliyatini to'g'ri yo'lga qo'yish zarurligi ham uchrashuvning muhim mavzusi bo'ldi. Yig'ilish davomida mahalla raislari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.