Mahalla beshligining faolligi. Beruniy tumani OZOD ovul fuqarolar yig'ini misolida

24-08-2023 | 17:50

430

Beruniy tumani Ozod OFY da aholi bandligini ta'minlash, doimiy ish o'rinlarini yaratish, shuningdek, hududda kambag'allikni qisqartirish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Aholi bilan doimiy muloqot hamda uyma-uy yurib o'rganishlar davomida aniqlangan murojaatlar bo'yicha fuqarolarga imtiyozli kreditlar berilib, tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun imkoniyatlar yaratildi.

Bunda 3-chorak davomida, tikuvchilik, milliy pishiriq, oziq-ovqat va boshqa yo'nalishlar buyicha imtiyozli kreditlar berilib loyixalar tashkil qilindi. Jami 18 ta fuqarolarga 350.0 mln so'm imtiyozli kredit ajratilib, 24 ta fuqarolarning bandligi ta'minlandi ya'ni 6 ta fuqarolar doimiy ish bilan, 16 tasi esa  o'zini o'zi band qildi. 

“Ayollar daftari” dagi ishsiz toifada 38 ta ayol-qizlar fermer xo'jaliklariga doimiy ishga joylashtirildi.Ishsiz  yoshlarning bandligini ta'minlash buyicha fermer xo'jaliklarida jami 34 ta yoshlar mavsumiy ish bilan band qilindi.

Hududda kasb-hunar va tadbirkorlikka o'qitish bo'yicha jami 14 ta fuqarolar turli kasblarga o'qib, o'qishni bitirgan fuqarolarni ish bilan ta'minlash va kredit ajratish choralari ko'rilgan. Hududda fuqarolarning yanada yaxshi yashashida mahalla beshligining faolligi yaqqol aks etmoqda. Bu esa xalqimizning farovon va baxtli hayot kechirishga munosib ekanidan dalolat beradi