Ko'p kvartirali uy-joylarda qurilish, ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

20-09-2023 | 12:36

376

Fayzli makonda yashashning ham o'z gashti bor. Ayniqsa, tuman markazlarida qurilgan ko'p qavatli uy-joylarda yashayotgan aholi uchun kommunal tizim, tom qismlari hamda tashqi fasadlarini ishlash orqali yanada yaxshi holatga keltirish shu yerlik turg'unlar uchun muhim hisoblanadi. 

Hurmatli Prezidentimizning PQ-5152-sonli qarori asosida Beruniy tumanidagi “Xorazm”, “To'qimachi”,“Obihayot”, “Qiyat” va “Markaziy” mahalla fuqarolar yig'inlaridagi  ko'p kvartirali turar joylarning tom qismini ta'mirlash ya'ni yangidan shiferlash ishlari, fasad qismini bo'yash, kirish yo'laklari va elektr shitlarini ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Bu ishlarning bajarilishi uchun 7.5 mlrd so'm mablag' qaratilgan.