Jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlash tizimi va faoliyatining huquqiy asoslari

12-05-2022 | 00:42

745

#Beruniy tumani Ichki ishlar bo'limi tomonidan jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlash tizimi va faoliyatining huquqiy asoslari bo'yicha ko'rgazmali slayd asosida, PF-27-son farmonining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

 

#Jamoat xavfsizligini ta'minlash tizimi – bu shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini jinoiy va huquqqa xilof boshqa tahdid hamda tajovuzlardan himoyalashga erishish maqsadida qo'llaniladigan kuch va vositalar hamda ular faoliyati asoslari majmuidir.

 

#Farmonga ko'ra, Jamoat xavfsizligi Departamentining tarkibida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, Yo'l harakati xavfsizligi va Probatsiya xizmatlari yangicha boshqaruv tizimi asosida birlashtirilib, yagona maqsad sari jamoat xavfsizligini ta'minlashga yo'naltirilishi belgilandi.

 

#Mazkur masalalar bo'yicha Beruniy tumani sektor rahbarlari va biriktirilgan tashkilotlar bilan o'tkazilgan yig'ilish davomida, konsepsiyaning mazmun-mohiyati va amalga oshirish mexanizmlari slaydlar yordamida tushuntirildi. Qilinishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi.