#Ishchi guruh o'rganishlari

26-05-2022 | 15:28

766

#Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumanida tadbirkorlik usulida kooperatsiya faoliyatini tashkil etish ishlarini davom ettirish yuzasidan Respublika ishchi guruhi rahbari B.Sultonov hamda bir guruh ishchi guruhga a'zo vakillar bilan hamkorlikda joylarda kooperativlarni o'rganish ishlari olib borildi.

 

Tumandagi “Lolazor” MFY hokim yordamchisining ko'magida mahalladagi ishsiz fuqarolarning bandligini ta'minlash bo'yicha “Lolazor ta'minot” ICHK tomonidan, 30 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi parranda berish orqali ta'minlangan hamda 121.5 mln so'mlik subsidiya mablag'lari ajratilgan.

 

Do'stlik mahalla fuqarolar yig'inida esa,  “Beruniy Parranda-777” ICHK tomonidan 50 nafar ishsiz fuqarolarning bandligini ta'minlash maqsadida 135,0 mln.so'm subsidiya ajratilgan bo'lib, jami 2 ta mahallada 80 nafar fuqarolar o'zini-o'zi band qilgan.