Iftorlik dasturxoni atrofida

16-03-2024 | 21:09

130

Muborak Ramazon oyida Beruniy tumanidagi nuroniylar va ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta'minlangan kishilar uchun iftorlik tadbirlarini o'tkazish rejalashtirilgan bo'lib, “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig'inidagi A.Aqnazarovning xonadonida iftorlik dasturxoni tashkil etildi.

 

Bunday xayrli tadbirlarning tashkil etilishi ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam bo'lgan odamiylik, inson sha'nini ulug'lash, yaxshilik va saxovat, tinch osoyishta hayotni qadrlash, mehr-oqibat, o'zaro hurmat muhitini mustahkamlash kabi ezgu fazilatlarni o'zida namoyon etadi.