#Hududdagi yangilanishlar Xalq roziligi yo'lidan, inson qadrini ulug'lashgacha...

31-01-2022 | 20:45

724

Og'ir hududga kiritilgan Shabboz OFYda har kuni shtab a'zolari boshchiligida hududdagi ishlarning borishi, aholiga tushuntirishlarning olib borilishi bo'yicha kelishib olinadi va shtab a'zolari o'zlariga biriktirilgan ko'chalarda fuqarolar bilan suhbatlar olib boradi. 

Beruniy tumani Ekologiya va atrof muxitni muxofaza qilish bo'limi xodimlari tomonidan aholi xonadonlarining ko'cha bo'yidagi daraxtlarga shakl berish, oqlash ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish yuzasidan fuqarolarga tushuntirishlar berilgan bo'lsa, tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan tuproq yo'llarga qum-shag'al aralashmasini yoyish, elektr tarmoqlari koxonasi esa elektr sim tortish, ustunlar o'rnatish ishlari bilan shug'ullanmoqda. 

Gaz idorasi hodimlari gaz bosimining me'yorida bo'lishi hamda aholi uylarida tuman favqulodda vaziyatlar bo'limi bilan birgalikda tushuntirish ishlarini olib bormoqda. Hududda ishlar davom etadi. Eng asosiy maqsadimiz aholining turmush sharoitini yaxshilash va bugunidan rozi bo'lib yashashiga sharoit yaratib berishdir.                                                                                                                                      🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati