#Hokim yordamchisining bir kuni 📌30 ta xonadon daromadli bo'ldi.

23-02-2022 | 20:14

836

Joriy yilning yanvar oyida Beruniy tumani Lolazor mahallasida hokim yordamchisi lavozimida o'z faoliyatini boshlagan Davronbek Abdullaev hududdagi aholi bilan xatlov natijasida tanishib chiqqan. Quvonarli tarafi mahallada “Temir daftar” da turgan bironta xonadon yo'q. Aholining turmush sharoitini yanada ko'tarish, daromadli qilish va ish bilan ta'minlash maqsadida parrandachilik kooperativini tashkil qildi. 

Kooperativ ta'minotchisi bilan birgalikda subsidiya evaziga 30 ta xonadonga 25 tadan tovuq berilgan bo'lsa, mart oyida 1 oylik jo'jalar har bir xonadonga 100 tadan 500 tagacha yetkazib beriladi. Bundan tashqari parranda ozuqasi va vetirinar hizmati ham tashkil etilgan. Kooperativ yonida do'kon faoliyat yuritib, tovuq tuxumlarini xonadon egalari naqd pulga pullash imkoniyati ham mavjud. 

Bunday yaratilgan sharoitdan rozi hudud aholisi tuman bandlikka ko'maklashish markazi hodimlari tomonidan kooperativga ishga qabul qilindi. Natijada, Lolazor mahallasining 30 ta fuqarosi uyida o'tirgan holda o'z ishiga va mehnat stajiga ega bo'ldi. Hokim yordamchisi tomonidan baliqchilikni rivojlantirish bo'yicha ham kooperativ tashkil qilinishi rejalashtirilgan.
Ma'lumot o'rnida: Lolazor mahallasida 1230 ta xonadonlarda, 6454 nafar aholi istiqomat qiladi.                    

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati