Hayotining yangi sahifasini ochayotgan onalar

20-06-2023 | 12:47

612

Mamlakatimizda inson qadrini ulug'lash, fuqarolarning yaxshi turmush sharoitida yashashlari uchun ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Hususan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-fevral kungi 52-sonli qaroriga asosan hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi ko'rsatmasiga muvofiq,  Beruniy tumanida 1189 ta tom qismi shiferlanadigan xonadonlar aniqlanib, shundan 127 ta og'ir turmush sharoitda yashovchilar hamda 18 ta uyi yaroqsiz holatga kelgan ya'ni buzib quriladigan uylar ishchi guruh tomonidan o'rganilib, manzilli ro'yxat shakllantirildi.

Uy egalari bilan suhbat jarayonida ham ijtimoiy ahvolining yaxshi emasligi, yangi uy qurishga imkoniyati yo'qligi aniqlandi. Qish mavsumi davomida oziq-ovqat mahsulotlari berilib, moddiy va ma'naviy yordamlar ko'rsatilgan bo'lsa, endilikda uylarida qurish-ta'mirlash ishlari boshlab yuborildi.

Sektor rahbarlari bilan birgalikda og'ir turmush sharoitida yashayotgan fuqarolarning uylari alohida nazoratga olindi. Qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Beruniy tumanida hozirgi kunda hududlarda 18 ta uylar buzilib, yangidan zamonaviy tipdagi uy-joylarning qurilish ishlari boshlab yuborilgan. Beruniy tumani Yangiobod mahallasida 2 ta uy-joylar yangidin qurilishi boshlab yuborilgan. O'rganishni Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi boshlig'ining o'rinbosari S.Yusupova bilan olib bordik va xonadonlarda bo'ldik. Uy egasi Mammatjon Yuldashevning 2 nafar farzandi bor, yashash xonadonining ahvoli anchayin og'ir. Davlatmizning og'ir turmush sharoitidagi oilalarga berayotgan yordami sabab, bugun zamonaviy uy-joy qad rostlamoqda. Zivar Karimova ham bo'layotgan o'zgarishlarni, mamlakatimizdagi inson qadrini ulug'lash borasidagi islohotlarni o'z hayotida sezmoqda. Yolg'iz onaning kechinmalari, armonlari bugun yo'qqa chiqdi. Yangi uy-joyga ega bo'layotganidan xursand. Bugungi o'zgarishlar va yangilanishlar bevosita har bir xonadonga kirib bormoqda. Buni fuqarolarimiz o'z hayotida sezayotgani bizning to'g'ri yo'lda ekanimizni ko'rsatadi. Islohotlar davomli...