Haftaning juma kuni “Mehr va saxovat kuni”

08-09-2023 | 17:53

451

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko'rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo'lga qo'yish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar to'g'risida” gi Farmoniga muvofiq  O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi shuningdek, uning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar)larda «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etildi.

Har haftaning juma kuni «Mehr va saxovat kuni» sifatida belgilanib, barcha davlat organlari va tashkilotlari ehtiyojmand aholi, nogironligi bo'lgan shaxslar hamda yolg'iz keksalar holidan xabar olish, ularga g'amxo'rlik qilish hamda xayriya tadbirlarini o'tkazish belgilangan. Bugun Beruniy tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari F.Primov hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputati S.Imamova Bunyodkor, Guliston va Bo'ston mahallasidagi nuroniylarning holidan xabar olib, ularga murojaatlariga asosan kerakli moslamalarni yetkazib berdi.