“Geografik ob'ektlarning atamalari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining bajarilishini ta'minlash

26-05-2022 | 20:38

729

“Geografik ob'ektlarning atamalari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining bajarilishini ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida”gi 72-sonli bayonnomasida ko'rsatilgan topshiriq va ko'rsatmlardan kelib chiqib, Beruniy tumanida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

 

Tasdiqlangan rejaga asosan ishchi guruhning yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishni tuman hokimining maslahatchisi S.Yusupova olib bordi.

Tuman hokimligi, Davlat Kadastrlar palatasi tuman filiali bilan birgalikda  Geografik ob'ektni nomlash sohasida qonun talablarining bajarilishini ta'minlashda “Geografik ob'ektni nomlash va qayta nomlash masalalari bo'yicha tuman komissiyasi” ishini tizimli ravishda yo'lga qo'yish bo'yicha amaliy choralar ko'rish lozimligi to'g'risida to'xtalib o'tdi.

 

Doimiy tarzda tuman hokimligi,Davlat Kadastrlar palatasi tuman filiali bilan birgalikda Geografik ob'ekt nomlari Davlat reestriga kiritilmagan ovullar, mahallalar, aholi punktlari hamda ularning tarkibiga kiruvchi atamalarni ekspertizadan o'tkazish va tegishli qarorlar bilan tasdiqlangan geografik ob'ekt atamalirini Davlat reestriga kiritib borish bo'yicha topshiriqlar berildi. Ishchi guruh yig'ilish davomida yana bir qancha masalalar bo'yicha kelishib olindi.