G'alla parvarishi Qishloq ho'jaligida muhim davr

27-09-2023 | 18:57

367

Bugun Beruniy tumanida 2024 yil hosili uchun ekilgan g'alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida amalga oshirish uchun ko'rgazmali dala seminari bo'lib o'tdi.

Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash maqsadida, 2024 yil hosili uchun Beruniy tumanida 4520 gektar maydonga g'alla ekilgan. Seminarda Beruniy tumani hokimi A.X.Saparbayev, qishloq xo’jaligi mas’ullari va fermer xo’jalik raislari ishtirok etdi.

Qish fasli oldidan boshoqli don ekinlarini bargdan oziqlantirish ya'ni biostimulyatorlarni qo'shgan holda suspenziya qilish tadbirlarini o'z vaqtida o'tkazish hosilning har qanday ob-havoda chidamliligini oshiradi.

“Yangiobod Nayman” MMTP hududidagi “Maqsud Qudrat” fermer ho'jaligi 25 gektar maydonga kuzgi boshoqli don ekkan bo'lib, seminar davomida o'z vaqtida parvarishlash bo'yicha ma'sullarning tavsiyalari tinglandi.

Asosiy maqsad esa, unib chiqqan g'alla ekinini qishlovdan oldin yaxshi rivojlantirish va keyingi yil hosiliga puxta zamin yaratishdan iborat.