#G'alla o'rim-yig'imiga texnikalar tayyorgarligi

13-05-2022 | 20:59

758

#Beruniy tumani “Beruniy don” filialida 2022 yil G'alla o'rim-yig'imi mavsumida ishtirok etadigan kombaynlarni ta'mirlash va sertifikat asosida qabul qilinishini tashkil etish bo'yicha ko'rgazmali seminar bo'lib o'tdi.

 

 

#Seminarda Beruniy tumani hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari S.Urunbaev, O'zagroinspeksiyaning Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari B.Ismailov, O'zagroinspeksiyaning Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi bosh inspektori A.Aytjanov, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

 

#Joriy yil boshoqli don hosilini o'rib-yig'ib olish bo'yicha tumanda 14 ta otryad shakllantirildi. Mazkur otryadlarga g'alla hosilini nes-nobud qilmasdan o'rib-yig'ib olinishini tashkil etish maqsadida 56 nafar mas'ul xodimlar, shundan 8 nafar IIB va 6 nafar Milliy gvardiya xodimlari jalb qilinadi.

 

#Shuningdek, otryadlarga 14 dona kombayn, 79 dona yuk avtomobillari, 56 dona traktor tirkamalari, 14 dona ko'chma ustaxonalar va 14 dona yoqilg'i tashish vositalari biriktirildi hamda g'alla hosilini o'rish, yanchilgan donni tashish, somonni yig'ish uchun talab etiladigan moddiy resurslar hisob-kitobi hamda o'rib-yig'ib olish grafiklari qishloq xo'jaligi korxonalari kesimida ishlab chiqildi.

 

#Ushbu kombaynlarning 5 donasi “Beruniy Agro parts” MCHJga, 5 donasi fermer xo'jaliklariga hamda 4 donasi boshqa tashkilot va fuqarolarga tegishlidir.

 

#Bugungi kunda g'alla o'rim yig'imida ishtirok etadigan kombaynlar to'liq ta'mirdan chiqarilib, mavsumga shay holatga keltirilgan. Bundan tashqari, 1 ta don qabul qilish shahobchasi mavsumga tayyor. Seminarda bajarilishi lozim bo'lgan masalalar belgilab olindi. Seminar yakunida kombayn operatorlariga  bir qop un, 5 litr o'simlik yog'i, 1 mln. so'mdan avans pul mablag'lari tarqatib berildi.