“FITNES KLUB” SOG'LOM HAYOT SARI BIRGALIKDA QADAM BERUNIY TUMANIDA YANGI FITNES MARKAZ ISH FAOLIYATINI BOSHLADI

22-01-2022 | 10:08

717

Aholi salomatligini mustahkamlash borasida Beruniy tumanida amalga oshirilayotgan ishlar ko'lami sezilarli darajada yuqoridir. Salomatlikni mustahkamlash borasida barcha sport turlari foydali hisoblanadi. Ayniqsa, xotin-qizlarning zamon talablari asosida jihozlangan fitnes ayvonlarida sport bilan shug'ullanish esa ularning orzusidir. 

Tadbirkor Zulfiya Yusupbaeva tomonidan ishga tushirilgan fitnes klub tuman markazidagi “Yoshlar mehnat guzari” da tashkil etilishida ham ramziy ma'no bor. Ayol-qizlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish va targ'ib etish borasida bunday amaliy harakatlar o'z natijasini beradi. Xaftaning dushanba kunidan boshlab, juma kunigacha soat 9:00 dan 19:00 gacha klub o'z faoliyatini olib boradi. Bu yerga tashrif buyurish istagidamisiz marhamat! 

Aynan ayollarimiz sizlar uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan. “Salomatlik asrida sog'lom turmush tarzi sari biz bilan birgalikda qadam tashlang” shiorini tumandagi har bir ayolning qalbiga singdirishni niyat qilgan tadbirkor, bir soha bilan cheklanib qolmasdan hukumatimiz tomonidan tadbirkorlarga yaratilgan barcha imkoniyatlardan unumli foydalanishni niyat qilgan.

 Manzil: Beruniy tumani Qishloq qurilish bank ro'parasi                                                

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati