Davlat yaratgan imtiyozdan samarali foydalanib

11-08-2023 | 10:58

478

Beruniy tumanining o'ziga xos tabiati va iqlim sharoiti, xalqaro ahamiyatga ega yo'l bo'yida joylashganligi tadbirkorlik sohalarning rivojlanishiga ijobiy ta'sir qiladi. Hududda Qoratov tog'ining joylashgani esa, qurilish materiallari ishlab chiqarish drayver sohalardan ekanligini belgilaydi. Tumanning drayver sohasi qurilish materiallari va agrar soha bo'lib, bu yo'nalishda ko'plab tadbirkorlar faoliyat yuritadi. 
So'nggi yillarda tadbirkorlik  salohiyatini rivojlantirish maqsadida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.Shuningdek, mamlakatimizda “Har bir oila tadbirkor” Davlat dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi yo'lga qo'yilgan. 
Natijada mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarning loyihalari uchun imtiyozli kreditlar ajratilib, hududda ishsizlikning bartaraf bo'lishiga hamda aholining daromadli bo'lishiga erishilmoqda. Tadbirkorlar o'z biznesini boshlabgina qolmay bir qancha ish o'rinlari ham yaratmoqdalar. Bunga misol Beruniy tumani Guliston MFYdagi tadbirkor Jumanov Yodgor o'z biznesi loyihasi  uchun 100 million so'm imtiyozli kredit olib, hozirda uy sharoitida o'z daromadiga ega.Mazkur biznes asosi qurilish materiallarini ishlab chiqarish bo'lib, aholi uchun uyning tashqi tomoni, fasad qismiga ko'yiladigan gibki kamen (yumshoq tosh)ishlab chiqarishdan iborat. Tadbirkor hozirda 10 nafar o'zi tengi yoshlar bilan ish boshlagan.  Tadbirkor bilan suhbatimizda u biznesini yanada kengaytirish maqsadida 50 million so'm  kredit olish niyati borligini bildirdi. Guliston mahalla fuqarolar yig'inida joriy yilning 6 oyi davomida tadbirkorlik faoliyatini  boshlash istagidagi fuqarolar uchun 2 mlrd so'm imtiyozli kredit mablag'lari ajratilgan. Jayxun mahallasi hududida joylashgan “Kichik sanoat zonasi” da ham qurilish materiallari ya'ni shlakablok ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. 7 ta doimiy ish o'rni yaratilgan. Qurilish mahsulotini viloyatlar bo'ylab yetkazib berish yo'lga qo'yilgan.  Tadbirkor Rasul Baymuxanov bu bilan cheklanib qolmasdan, non va milliy shirinliklar yo'nalishini ham tashkil qilgan. Hudud hokim yordamchisining ma'lumotiga qaraganda joriy yilning 1 iyul holatiga 1 mlrd 400 mln so'm mablag' 62 nafar fuqararolarga tadbirkorlik faoliyati uchun ajratilgan. Natijada 90 nafar aholining bandligi ta'minlangan. Raqamlarga e'tibor qaratsak: Beruniy  tumanida 2023 yilda 23 178 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi rejaga kiritilgan bo'lib, yanvar-iyun oylarida amalda 13 973 ta ish o'rinlari yaratilgan.