Bosh vazir o'rinbosari Z.Maxkamova: “oilaviy ajrimlarning oldini olishda milliy qadriyatlarimiz qo'l keladi”... Bugungi ajrimlarga nima sabab bo'layabdi?

04-10-2023 | 22:17

343

Beruniy tumanidagi o'rganishlardan so'ng O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi raisi Z.Maxkamova tuman hokimligining majlislar zalida Beruniy, To'rtkul va Ellikqal'a tumani xotin-qizlar faollari hamda otin oyilari bilan uchrashuv o'tkazdi. Xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning bosh sababini aniqlash va chuqur tahlil qilish, bu borada hamkor tashkilotlar bilan doimiy statistik ma'lumotlar olib borish, “Ayollar daftari”da ro'yxatda turganlar bilan doimiy psixologik suhbatlar olib borish, shuningdek bugungi kunning bosh mavzusi bo'lgan oilaviy ajrimlarning oldini olish va ajrimlarga sabab bo'layotgan holatlarni bartaraf etish bo'yicha rejalarni tushuntirib o'tdi. Z.Maxkamova Beruniy tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj M.Sharipovaga uy-joyning maxsus sertifikatini topshirdi. Inson qadri uchun degan g'oya asosida bugun Yangi O'zbekiston barpo qilish yo'lida bir kuch bo'lib harakat qilayotgan ekanmiz, jamiyatda gender tenglik, xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash yo'lida amalga oshiradigan natijali ishlarimiz bisyor. Zero davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek “ayol baxtli bo'lsa, oila baxtli bo'ladi, oila baxtli bo'lsa, jamiyat baxtli bo'ladi”.