Bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi davomida 31 nafar fuqarolarga ishga joylashishlari uchun yo'llanmalar berildi.

05-02-2024 | 17:56

100

Beruniy  tumani  Kambag'allikni  qisqartirish va  bandlikka  ko'maklashish   bo'limi, Prokratura, MIB tashkilotlari  bilan  birgalikda nogironligi bo'lgan shaxslarni, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida Kambag'allikni  qisqartirish va bandlikka  ko'maklashish   bo'limi binosida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkazildi. Mehnat       yarmarkasiga jami  tumanda joylashgan  11  ta korxona   va  tashkilotlar o'zlarida mavjud bo'lgan 37 ta bo'sh ish o'rinlari     bilan    qatnashdi.

Mehnat yarmarkasiga, jami 79 nafar fuqarolar jalb qilindi. Shundan nogironligi bo'lgan shaxslardan 10 nafari bo'lib, 27 nafari yoshlar                3 nafari aliment to'lovchilar va 33 nafari ayollar qatnashdi.

Mehnat yarmarkasida, jami 31 nafar fuqarolarga ishga joylashish uchun tumandagi korxona va tashkilotlarga yo'llanma berildi xamda kasb xunarga o'qish uchun 11 nafar fuqaroga FAYZ AKADEMIYA NTM o'quv markaziga yo'llanmalar berildi. Vaqtinchalik jamoat ishlariga 17 nafar fuqarolar jalb qilindi.

Shundan 9  nafari yoshlar hamda 13 nafar ayollarga 3 nafari nogironligi bo'lgan shaxslarni  ishga joylashish uchun yo'llanma berildi. Vaqtinchalik jamoat ishlariga 2 nafar nogironligi bo'lgan shaxslarni  jalb qilindi. Kasbga o'qitishga 3 nafar nogironligi bo'lgan shaxslarga o'qishga yo'llanmalar berildi. Jami, 5  nafar fuqaroga huquqiy maslahatlar berildi, shundan 3 nafari yoshlarni tashkil qiladi.