Beshinchi bosqich “Ayollar daftari”ga start berildi.

01-02-2024 | 08:59

129

O'zbekistan Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida mamlakatimiz iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy xayotining barcha jabxalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning ta'lim va kasbiy kunikmalar olishi xamda bandligini ta'minlashga  har tomonlama ko'maklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo'llab-quvvatlash, xotin-kizlar bandligini ta'minlash, davlat va jamiyat boshqaruvidagi nufuzini oshirish, gender tenglik, oila, onalik va bolalikni himoya kilish borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko'tarish masalasiga alohida e'tibor karatdilar.

2022 yil 31 mart kungi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini o'rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 145-sonli qaroriga asosan “Ayollar daftari”ning 4-bosqichi toifalariga kiritish maqsadida 5735 nafar xotin-qizlarning ruyxati shakllantirildi va “Ayollar daftari” yakuniga ko'ra  kiritildi.

Tumanda  2023 yil davomida ijtimoiy ximoyaga muxtoj  xotin-qizlardan 5709 nafariga turli  yordamlar ko'rsatildi. “Ayollar daftari”ning 1-toifasi ijtimoiy ximoyaga muxtoj ishsiz xotin-qizlardan  3891 nafarining bandligi ta`minlandi, 2-toifa tadbirkorlik qilish istagini bildirgan xotin-qizlardan 508 nafariga kreditlar ajratildi, 3-toifa boquvchisi bo'lmagan extiyojmand xotin-qizlardan  430 nafariga,4-toifa ijtimoiy yordamga muxtoj 1 va 2 gurux nogironligi bo'lgan xotin-qizlardan 439 nafariga, 6-toifa  qaramog'ida nogiron farzandi mavjud extiyojmand xotin-qizlardan 233 nafariga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida moddiy yordamlar berildi.Shuningdek 5-toifa uy-joyga muxtoj xotin-qizlar 112 nafarni tashkil qilib, 29 nafari uy-joy bilan ta'minlangan bo'lsa, 79  nafar xotin-qizlarga ijara kompensatsiyasi to'lab berildi xamda 48-nafar xotin-qizlarning uy-joylari sektor raxbarlari va xomiylar tomonidan ta'mirlab berildi. Bundan tashkari Oliy ta'limga qabul qilingan ijtimoiy ximoyaga muxtoj xotin-qizlardan 11 nafarining to'lov kontrakt pullari shartnoma asosida to'lab berildi. Ayollar daftarinining 5-bosqichini shakllantirish bo'yicha bugungi kunda tumandagi 40 ta mahallada uyma-uy yurgan holda, xatlov ishlari amalga oshirilmoqda. Amir Temur mahalla fuqarolar yig'ini va Shimom ovul fuqarolar yig'inidagi xatlovdagi xaqqoniylikni o'rganish maqsadida tegishli mas'ullar bilan jarayonlarda ishtirok etildi.