Beruniyda qo'shaloq bayram nishonlandi

01-08-2023 | 10:46

523

Beruniy tumanida "Bir nuroniy o'n yoshga ma'sul" ko'rik tanlovining tuman bosqichi hamda 30-iyul “Xalqlar do'stligi kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirni tuman hokimining o'rinbosari A.Qurbaniyazov tabrik so'zi bilan ochib berdi. Bayram tadbirida milliy ko'rgazmalar, an'analar va xalqona qo'shiqlar ijro etildi hamda turli millat vakillarining urf-odatlari ko'rsatib berildi. 

Bayram tantanasi davomida Nuroniy jamg'armasi Beruniy tuman bo'limi tomonidan, "Bir nuroniy o'n yoshga ma'sul" ko'rik tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi. Unda sektor bosqichida g'olib bo'lgan nuroniylar o'zaro bellashdi. Ko'rik tanlovda  Qoraqalpog'iston Respublikasi Nuroniy jamg'armasi raisi T.Abdujabborov  ishtirok etdi.  

Mahallada yoshlar bilan ishlash tizimini samarali yo'lga qo'ygan nuroniylarning ishlari munosib baholandi. Ko'rik tanlovda  xakamlar xay'ati qo'ygan ballarning yakuniy natijalari e'lon qilinib,  Navoiy OFY nuroniysi O'.Nurumbetova 1-o'rinni, Guluston MFY nuroniysi Ibadullaev Xudaybergan 2-o'rinni, Mustaqillik MFY ishtirokchisi Q.Aytbaev 3-o'rinni hamda Tinchlik OFY nuroniy ishtirokchisi M.Usmanov 4-o'rinni egalladi. Ularga Qoraqalpog'iston Respublikasi Nuroniy jamg'armasi tomonidan pul mukofotlari va tuman Nuroniy jamg'armasining esdalik sovg'alari topshirildi.                                                                                                             Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati