#Beruniyda pilla hirmoni

19-05-2022 | 15:55

716

#Pillachilik yurtimiz qishloq xo'jaligining muhim tarmoqlaridan sanalishi bilan birga, ipak ishlab chiqarish ota-bobolarimizning boy madaniy merosi hamdir. Shu bois, mazkur qadriyatni davom ettirish bugungi davrning muhim masalalaridan sanaladi.

 

#Bugungi kunda O'zbekiston pilla yetishtirish va ipak tolasi ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda Xitoy va Hindistondan keyin uchinchi o'rinda turadi. Mamlakatimizda pillachilikni rivojlantirishga qaratilgan e'tibor, yaratilgan qator imtiyoz va imkoniyatlar o'z-o'zidan mazkur yo'nalishda faoliyatini olib borish istagidagi korxonalar sonining ortishiga zamin yaratdi.

 

#2019-yilda Beruniy tumanida “KKR Ipak klaster” tashkil qilingan bo'lib, joriy 2022 yildan pillani qayta ishlashni yo'lga qo'yiladi. Buning uchun ajratilgan yer maydonida Xitoy davlatidan keltirilgan yangi uskunalar o'rnatilmoqda.

 

2022 yilda pilla yetishtirish, uni parvarishlash ishlariga jami 2135 nafar kasanachilar jalb qilinib ular bilan shartnomalar tuzilgan bo'lsa, 2709 quti pilla qurti tarqatilgan, joriy yilgi pilla rejasi 154 tonnani tashkil etadi.

 

#40 yildan beri pilla yetishtirib kelayotgan Zevar Xidirboeva bu sohadagi yutuqlarini alohida e'tirof etadi. So'ngi 3 yilda juda katta o'zgarishlar bo'ldi sohada ko'p imkoniyatlar yaratildi bir mavsum pilla yetishtirsak 1 yillik mexnat stajiga ega bo'lamiz. Joriy yil rejadagi 60 kg pilla hamda, qo'shimcha topshirgan 63 kg pilla uchun har bir kilogramiga 30 ming sumdan qo'shimcha mablag' oldim.

 

2-mavsum pilla yetishtirishni ham reja qildik. Bir xonadonda kelinlarim bilan birga mexnat qilaman.

Tutzordan ajratilgan yerga qishloq ho'jaligi mahsulotlarini ekib, qo'shimcha daromad ham olamiz. Bu ham bir imkoniyat deya o'zining fikrlarini aytib o'tdi.

 

#O'z ishidan, topayotgan daromadidan xursand pillakorlarlarning faoliyati va shijoati o'zgacha. Birinchilar qatorida Abay, Sarkop, Do'stlik ovul fuqarolar yig'ini hamda O'.Jumaniyazov maxallasining kasanachilari pilla topshirdi. Pilla hirmoni bilan tabriklash maqsadida Beruniy tumani hokimi A.Saparbayev va sektor rahbarlari ham tashrif buyurdi. Pillakorlarga sovg'alar berib, bugungi zafarlari bilan tabrikladi.