Beruniy tumanidagi perinital markaz sharoiti ishchi guruh nazoratida.

28-03-2024 | 21:00

107

O'zbekiston Respublikasi  Prezidentining PQ-4513, PQ-216, PQ-296 sonli qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida  reproduktiv salomatlikni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar holati Beruniy tumanida o'rganildi.

Ishchi guruh o'rganishlar jarayonida  Iminov Odiljon Karimovich Oliy Majlis Senatining Fan, ta'lim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi raisi hamda tegishli mas'ullar Beruniy  tuman  tibbiyot  birlashmasiga qarashli yangidan ishga tushirilgan tumanlararo perinital markaz faoliyati bilan tanishdi.

Qurilish ishlari doirasida 7 mlrd so'm mablag' asosida tumanlararo Perinatal markazi imoratida rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Natijada, 100 ga yaqin tug'ish yoshidagi ayollarga, shuning ichida onalar va bolalar uchun barcha qulay sharoitlar yaratildi.

Shu asosda, Ellikqal'a, To'rtko'l va Beruniy tumanlari xalqi ezguligi uchun xizmat qiluvchi mazkur perinital markaz barcha zarur tibbiy jihozlar bilan ta'minlangan. Endilikda ona va bola salomatligi uchun yaratilgan bunday sharoitlarda sog'lom avlod dunyoga kelishiga ishonch bildirdi.