Beruniy tumanida “Lider fermer ayollar orqali qishloq xotin-qizlarini qishloq xo'jaligida qo'shilgan qiymat zanjiriga jalb qilish va ularning daromadini yaxshilash” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.

26-08-2023 | 11:29

445

Bugun mamlakatimizda ayollarga,ularning tadbirkorligini qo'llab-quvvatlashga katt e'tibor qaratilmoqda.Natijada ayollarimiz ham tadbirkorlik qilib oilaviy daromadni oshirish hamda xonadonidagi farovonlikni ta'minlashga o'zlarining munosib hissalarini qo'shib kelmoqda.

O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari kengashi huzuridagi O'zbeksiton agro axborot innovatsiya markazi tomonidan yuritilayotgan “Lider fermer ayollar orqali qishloq xotin-qizlarini qishloq xo'jaligida qo'shilgan qiymat zanjiriga jalb qilish va ularning daromadini yaxshilash” loyihasi doirasida Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumanida 1 kunlik seminar-trening tashkil etildi.

Amerika Qo'shma Shtatlarining O'zbekistondagi vakolatxonasi Beruniy tumanida fermer,dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va O'zbekiston agro axborot innovatsiya markazi,Oila va xotin-qizlar qo'mitasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu seminar-treningda Beruniy va Ellikqala tumanida faoliyat yuritayotgan 15 nafardan ortiq yetakchi lider tomorqa egalari va fermer ayollari ishtirok etishdi.

O'quv seminar treningni Mirxoxid Yuldashev - O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tizimidagi O'zbekiston agro axborot innovatsiya markazi direktori,Oybek Muxammadiev - O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tizimidagi O'zbekiston agro axborot innovatsiya markazi direktori o'rinbosari, Nigora Latipova - O'zbekiston Oila va xotin-qizlar qo'mitasi Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i,Xursanoy Islamova - O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi investittsiyalar va innovatsiyalar bo'limi boshlig'i,Toshkent Davlat agrar Universiteti,"O'simlikshunoslik" kafedrasi mudiri, professor Jonibek Xudoykulovlar olib bordi.

 Loyihaning maqsadi qishloqdagi xotin-qizlarni va ayollarni lider fermerlar orqali agrar sektorida qo'shilgan qiymat zanjiriga jalb qilish orqali rivojlantirish. Hududdagi lider fermer ayollar orqali ayollarning tomorqa xo'jaliklarini tashkil qilish va boshqarishda ko'nikmalarni oshirish, yangi texnologiyalarni o'zlashtirish, ularni amaliyotga joriy qilish va yangi, yuqori rentabelli urug' va ko'chatlardan foydalanish orqali yuqori hosil olish va yetishtirgan mahsulotinin sotishga ko'maklashish, bu orqali aholiga tadbirkorlik ko'nikmalarini o'rgatish, ish yuritishga qiziqishini uyg'otish, og'ir sharoitdagi ayollar va xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish. Seminar-trening ayollarimizning tomorqa maydonlaridan yanada samarali foydalanishlarida va daromadlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 Asosiy maqsad ishtirokchilarni faqatgina o'qitish emas, keyinchalik ushbu yo'nalishdagi faoliyatida muloqotlar asosida ularni qo'llab-quvvatlash, ularni yutuqlarga erishishida ko'makdosh bo'lishdan iborat.Hozirda yurtimizda 80 mingdan ortiq fermer xo'jaliklari faoliyat olib borayotgan bo'lsa,shuning 7 foizdan ortig'iga xotin-qizlar rahbarlik qilmoqda.Ma'lumki, respublikamizda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishda tomorqa xo'jaliklarining ulushi salmoqli o'rinni egallaydi. Jumladan, Beruniy tumanida sug'oriladigan 7147 gektar yerning 6544 gektarini tomorqa xo'jaliklari tashkil etadi. Xonadonlarda faoliyat olib borayotgan ushbu tomorqa xo'jaliklari mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash bilan bir qatorda, keng aholi qatlamlari, birinchi navbatda ayollarni agrobiznesga jalb etishga xizmat qiladi. Aynan O'zbekistonning 2020-2026-yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot dasturining vazifalaridan biri ham aholining tomorqa maydonlaridan yanada samarali foydalanish uchun shart-sharoit yaratish hisoblanadi. Seminar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.