Beruniy tumani Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi tomonidan 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar va 2024 yil rejalari mavzusida matbuot anjumani va press tur bo'lib o'tdi.

29-01-2024 | 22:26

132

Press turning dastlabki manzili Beruniy tumanidagi kambag'allikni qisqartirish va aholi bandligi bo'limi bo'ldi. Bu yerda aholiga ko'rsatilayotgan xizmatlar o'rganildi. Shuningdek, bo'lim boshlig'ining o'rinbosari Otabek Abdullaev va mahalla bo’yicha o’rinbosar S.Yusupova ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputati S.Imamova, Xalq deputatlari tuman kengashi deputati

  1. Eshimbetov, OAV vakillari ishtirok etdi.

Matbuot anjumani davomida:

2023 yilda amalga oshirilgan ishlarga batafsil to'xtaldi.

Beruniy tumanida 13 ta ovul fuqoralar yig'ini 27 ta mahalla  fuqoralar yig'ini mavjud bo'lib aholi soni 202 ming 014 kishi, iqtisodiy faol aholi               83 ming 803 kishi, ish bilan bandlar 76 ming 835  kishi, rasmiy sektorda 26 ming 111 kishi, norasmiy sektorda 29 ming 804 kishi, xorijiy davlatlarda ishlayotganlar 20 ming 920 ta kishi, mehnat resurslari 104 ming 901 ta kishi,  ishga muhtoj shaxslar 6 ming 968 ta kishini shundan  yoshlar 2 ming 087 ta, tumanimizda ishsizlik darajasi    8,3  foizni tashkil qiladi. 

                 

Beruniy  tumanida 2023 yilda 23 178 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi rejaga kiritilgan (shundan yanvar-dekabr reja – 23 886 ta) bo'lib,  yanvar-dekabr oylarida amalda 23 315 ta (yanvar-dekabr rejaga nisbatan 103,1%) ish o'rinlari yaratilgan. 2023 yil yanvar-dekabr' oyida tuman bo'yicha Kambag'allikni qisqartirish va  bandligiga ko'maklashish bo'limigaiga jami  5 940 nafar ishsiz fuqarolar ish so'rab murojaat qildi, shundan 3 609 nafar ishsiz fuqarolar doimiy ish bilan ta'milandi. Doimiy ishga joylashganlarning 2 461 nafarini ayollar, 818 nafari yoshlarni tashqil qiladi.

Nogironligi bo'lgan shaxslardan 111 nafar fuqarolar doimiy ish o'rinlariga joylashtirish. Vaqtinchalik jamoat ishlariga 13 nafar fuqarolar jalb qilindi. Nogironligi bo'lgan shahslarni ishga qabul qilganligi uchun 2 ta korxona 10 nafar fuqaroni uchun subsidiyalar ajratildi.

      Tumanda 2023 yil davomida jami 950 nafar ishsiz fuqarolarni qayta kasbga o'qitish rejalashtirilgan bo'lib shundan, yanvar-dekabr oylari davomida jami 1809 nafar ishsiz fuqarolarga yo’llanma berilib kasb-hunarga o'qitildi. Kasb-hunarga o'qitilgan fuqarolarning 1629 nafarini ayollar,  1142  nafarini yoshlar tashkil qiladi. O'quv jarayoni boshlangan 506 nafarni tashkil qiladi. O'qish tugatgan 1133 nafar bo'lib, shundan 147 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 807 nafar fuqarolar  o'zini-o'zi band qilgan, 10 nafar fuqarolar YATT bo'lib ro'yhatdan o'tib bandligi ta'minlandi. 2023 yilda 12 ta «Bo'sh ish o'rinlari» yarmarkalari o'tkazish rejalashtirilgan bo'lib, shundan 2023 yil yanvar-dekabr oylarida 13 ta bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi o'tkazilib, rejaga nisbatan 108,3 foizga bajarildi. Shundan jami 116 ta tashkilot va korxonalar o'zlarining  277 ta bo'sh ish o'rinlari bilan qatnashishdi. Yarmarkaga 450 nafar ishsiz fuqarolar jalb qilindi, shundan 285 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirildi.

 

 

       

Horijiy davlatlarga yil boshidan chiqib ketganlar soni 1 152 nafarni tashkil qiladi. 2023 yil boshidan horijiy davlatlardan yashash manzillariga qaytganlar 8. 285 nafarni tashkil qiladi, yashash manziliga qaytganlardan 4 817  nafari ish bilan ta'minlandi. Ishga joylashgan fuqarolarning          550 nafari yoshlar,   1 585 nafari ayollar tashkil qiladi. 

 

Subsidiya yo'nalishlari bo'yicha qo'yidagi tartibda mablag'lar ajratilib ishga joylashtirishlar amalga oshirildi.

1.Nogironligi bo'lgan shaxslar (203-son) 10 nafar fuqaro-8,9

2.PQ 366 son bo'yicha 35 nafar fuqaro-231 mln

3.PQ 307 son bo'yicha 35 nafar fuqaro-252 mln

4.PQ 596 son bo'yicha 47 nafar fuqaro-195 mln so'm miqdorida subsidiyalar ajratilib, yordam ko'rsatilgan.

2024 yilda tuman  Bandlik bo'limi tomonidan murojaat qilgan ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirishga ko'maklashish bo'yicha yillik reja 3563 nafar belgilangan bo'lib, yanvar oyida 238 nafar fuqarolar doimiy ishga joylashtirildi. Shundan ayollari 173 nafari, yoshlari 53 nafarni tashkil qiladi.

Tumanda 2024 yil davomida jami 1 282 nafar ishsiz fuqarolarni qayta kasbga o'qitish ryejalashtirilgan bo'lib shundan, yanvar oyi davomida jami              54 nafar ishsiz fuqarolarga yullanma berilib kasb-hunarga o'qitilmoqda. Matbuot anjumani yakunida ishtirokchilar bilan birgalikda bandlik bo'limi tomonidan, yordam ko'rsatilib, doimiy bandligi ta'minlangan fuqarolar manzilli o'rganildi. Xorazm mahalla fuqarolar yig'inida 1 sotix tomorqaga issiqxona qurib berilib, tomorqasidan qish faslida ham daromad olishni ko'zlagan aholi xonadonlari o'rganildi. Shuningdek, Amir Temur mahallasidagi ayollar go'zallik saloni faoliyatini yo'lga qo'ygan fuqaro ham bandlik bo'limi tomonidan yo'llanma asosida 3 oylik qayta tayyorlov kurslarini tugatib, xozirda 10 nafar shogirdlariga hunarini o'rgatmoqda.