Beruniy tumani hokimiga sayyor qabul davomida qanday murojaatlar bo'ldi?

09-08-2023 | 10:13

495

Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimida hududlarda o'tkazilayotgan sayyor qabullar natijasi bugun ko'plab yurtdoshlarimizning roziligiga sabab bo'lmoqda. Hudud muommosini shu yerlik fuqarolar bilan maslahatlashgan holda yechim topish, har bir rahbarning vazifasidir. Joylarda sektor rahbarlari bilan o'tkazilayotgan sayyor qabullar davomida ham ko'plab murojaatlar hal qilingani so'zimizning isbotidir. Beruniy tumani hokimi, birinchi sektor rahbari A.X.Saparbayev Guliston mahalla fuqarolar yig'inida o'tkazgan navbatdagi sayyor qabuli davomida ham bir qancha murojaatlar kelib tushdi. Beruniy ko'chasida yashovchi aholining tomorqasi uchun oqova suv yetkazib berish bo'yicha Obodonlashtirish korxonasiga topshiriq berildi.Mahalla hududidagi maydonga bolalar o'yingohi qurish bo'yicha ko'cha boshilarining bergan takliflari maqullandi. Bundan oldingi o'tkazilgan sayyor qabul davomida esa, Vatan ko'chasiga 800 metr qum-shag'al aralashmasi yoyib berilgan bo'lsa, J.Saparbaevning murojaatiga asosan oliy ta'limdagi to'lov-shartnomasining 50 foizi miqdori to'lab berildi. Murojaatlarning vaqtida o'rganilishi, hal qilinishi aholining ishonchi va farovon yashashiga xizmat qilishi bilan ahmiyatlidir.