Beruniy tumani hokimi Saparbayev Atabek Xudaybergenovichning qurilish sohasi hodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi.

12-08-2023 | 21:45

555

Yurtimiz qurilish sohasining fidoiy va bunyodkor xodimlari, Yangi O'zbekiston imidji yaratuvchilari!

Siz azizlarning mexnat va shijoatingiz bilan mamlakatimizda qurilish ko'lami yanada kengayib, Yangi O'zbekistonning yangi qiyofasi yaratilmoqda. So'ngi yillar davomida qurilish ishlarining jadallashib borishi natijasida, yangi ish o'rinlarining yaratilishi qishloqlarda shaxarsozlik amaliyotini keng qo'llagan holda zamonaviy binolarning qad rostlashi, infratuzilmaning tamomila yangilanishi evaziga aholi uchun qulay sharoitlar yaratilgani fikrimizning dalilidir. 

Har yili mamlakatimiz qurilish maydoniga aylanib, tobora yangilanib bormoqda. Bugungi kunda  Beruniy tumanida respublika byudjeti hisobidan shuningdek, qo'shimcha dasturlar asosida ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Prezident qarorlari joylarda o'z natijasini ko'rsatmoqda. Inson qadrini ulug'lash borasidagi oqilona siyosat chin ma'noda o'z nashidasi bilan har bir xonadonga kirib, yangi nafas, yangi hayot olib kirayotganligining o'zi so'zimizning isbotidir. Beruniy tumanida og'ir sharoitda yashayotgan 18 ta oilaning uy-joylari zamonaviy shaklda qurib berilmoqda. Bu ishlarda siz quruvchilarning alohida mexnatlaringiz mujassam. Mamlakatimizda aholi ehtiyojidan kelib chiqqan holda ipoteka krediti asosida ko'p qavatli uy-joylarning qurib topshirilishi, homiylar tomonidan bolalar maydonchalari, investitsiya dasturi asosida ijtimoiy soha ob'ktlarining qurilishi va qayta ta'mirlanishi, ichki yo'llarning ishlanishi, markaziy ko'chalarning asfal`t qilinishi tom ma'nodagi bunyodkorlik ishlarining ko'rinishi.

Bu ezgu ishlarda mohir quruvchilarning mexnati, me'morlarning mahorati, mexaniklar, dizaynerlar, loyihachi va pudratchilar barcha-barchangizning beqiyos xizmatingiz mujassam. Uzoq yillar davomida siz bunyod etgan muxtasham binolar, tekis va ravon yo'llar xalqimizning yaxshi kunlariga xizmat qiladi. Bugungi kasb bayrami munosabati bilan oilangizga tinchlik-xotirjamlik, ishingizga baraka tilayman. Hayotingiz mazmuni bo'lgan bunyodkorlik, obodlik va yaratuvchanlikdan charchamang. Sizlarga hurmat ila

Beruniy tumani hokimi A.X.Saparbayev