Beruniy tumani hokimi olis Oltinsoy aholisining murojaatlarini tingladi.

13-07-2023 | 16:23

543

Sektor rahbarlari bilan o'tkazilayotgan sayyor qabullar davomida murojaatlar tinglanib, aholini qiynab kelayotgan masalalar hal bo'lmoqda. Bugun Beruniy tumani hokimi, 1-sektor rahbari A.X.Saparbayev olis oltinsoylik fuqarolar bilan sayyor qabul o'tkazdi. Sayyor qabul davomida aholidan turli mazmundagi murojaatlar kelib tushdi. Tan olish kerak bugungi kunda oqava suv muommosi nafaqat bizda, butun dunyoda tanqis bo'lib, bu o'z-o'zidan ko'plab masalalarni keltirib chiqaradi. Bugungi qabul davomida ham suv masalasiga alohida to'xtab o'tildi. Aholining murojaatlariga asosan tomorqa yerlariga 3 kun muddatda suv yetib boradigan bo'ldi. Shuningdek, hududdagi eski ko'prikni ta'mirlash bo'yicha va elektr energiya liniyalarini tortish, ustunlarni o'rnatish ishlari boshlanishi bo'yicha ham tushuntirishlar berildi.

Qabul yakunida Birlik aholi manzilidagi Barno Raxmanovaga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-fevral kungi 52-sonli qaroriga asosan hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi ko'rsatmasiga muvofiq, o'ta og'ir sharoitdagi uy-joyi buzilib, qayta qurib berilishi ishchi guruh tomonidan o'rganilib, rejaga kiritilgan edi.

Hozirda uy-joy qurish ishlari davom etmoqda. Beruniy tumani hokimi A.X.Saparbayev qurilayotgan uy-joylarning holati bilan tanishdi va xonadon egalari bilan suhbatlashdi. Bir murojaat bir inson taqdiri bilan bevosita bog'liq ekan, bugun hal etilgan har bir masala ertangi kunga ishonchni keltirib chiqarishi bilan ahamiyatli ekanligini unutmasligimiz kerak.