Beruniy tumani hokimi A.X.Saparbayev hamda sektor rahbarlari bilan birgalikda tumandagi 40 ta mahalla beshligi va korxona-tashkilot rahbarlari bilan kengaytirilgan yiǵilish ótkazdi.

21-07-2023 | 11:04

516

Yiǵilishda asosan Qoraqalpoǵiston Respublikasi Jóqarǵi Kengesi Raisi A.Orinboyevning joriy yil fevral oyida Beruniy tumaniga tashrifi davomida mahalla beshligiga topshirilgan vazifalarning ikkinchi chorak yakuni bóyicha ijrosi tahlil qilindi. 

Hozirgi kunda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini tóliq xatlovdan ótkazish bóyicha aniq topshiriqlar berildi. Elektron tizimda xatlovni olib borish bóyicha qisqa seminar ham tashkil etildi.

Yiǵilish davomida korxona-tashkilotlar, mahallalar hamda kóchalardagi tozalik, obodonlashtirish ishlarini olib borish lozimligi ayniqsa bu borada aholiga tóǵri tushuntirish va tarǵibot ishlarini olib borish bóyicha aniq vazifalar belgilab berildi.

👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati