Bayram qutlovlari. Beruniylik onaxonlar duoga qo'l ochganda...

08-03-2024 | 22:38

116

Yoshi ulug', piru badavlat onaxonlarni 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Beruniy tumani hokimi o'rinbosarlari va tashkilot rahbarlari xonadonlariga tashrif buyurgan holda samimiy qutladi.

 

Mamlakatimizning ta'lim tizimi rivojiga munosib hissa qo'shgan Maryam Rajabova, qurilish va qishloq xo'jaligi sohasida respublikamizning yetakchi ayollaridan Darigul Rabatova hamda mehnat faxriylariga bayram sovg'alari berildi.

 

Ularning bosib o'tgan mehnat yo'li bugun har bir ayollarimizga ibrat bo'lsa arziydi. Nuroniy onaxonlarimiz yurtimizning rivoji va farovonligini tilab duoga qo'l ochdi.