Baxt manzillaridagi o'zgacha nafas Beruniylik 4 nafar ota-onasidan erta ayrilgan yoshlarga zamonaviy uy-joylar berildi

29-09-2023 | 15:46

365

Inson umri davomida turli qiyinchiliklarga duch keladi, hayot sinovlarini boshdan kechiradi. Ba'zida ota-onamiz bilan, ba'zida esa xatto, yonimizda tirgak bo'lguvchi ota-onamiz yo'q bo'ladi. Ota-onasidan ayrilgan, ko'ngli yarim bolalarni davlat o'z qaramog'iga olar ekan ularning ijtimoiy himoyasiga qaratilgan har bir amaliy ishlarning bajarilishi bir yoshning jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lishiga, kamolga yetishishiga zamin yaratadi. Bugun Beruniy tumanida 4 nafar chin yetim, voyaga yetgan yoshlarga davlat rahbarining g'amho'rligi asnosida barcha

qulayliklarga ega zamonaviy uy-joylar topshirildi. Inson qadri ulug'langan yurtda chinakam baxtni his qilayotgan yoshlarning baxt manzillaridagi shukuh o'zgacha. O'zbekiston Respublikasi

Prezidenti Administratsiyasi vakillari, Yoshlar ishlari agentligi, Milliy gvardiya hamda Beruniy tumani hokimligi bugun tantanali ravishda yangi uy-joylarni o'z egalariga topshirdi. Fayzli xonadon egalari esa talaba, o'z hunariga ega yoshlardan iborat. Jasmina Zaripbaeva 7 yoshida ota-onasidan ayrilgan, buvisining tarbiyasida o'rta ta'limni tugatgan. Prezidentimizning

otalarcha g'amho'rligi sabab men bugun uy-joyli bo'lgan bo'lsam, yana ikki karra baxtliman qoraqalpog'istonlik yoshlarga berilgan imtiyoz sabab Toshkent tibbiyot akademiyasiga o'qishga qabul qilindim. Kelajakda shifokor bo'lishni hamda odamlar dardiga darmon bo'lishni maqsad qilganman deydi. Men ota-onasiz katta bo'ldim ammo, vatanim buni menga bildirmadi. Kelajakda yetuk mutahassis bo'lib fidoiy xizmat qilishga va'da beraman deydi suhbatdoshimiz. Yoshlarning yuqori cho'qqilarga intilayotgani, yurt koriga madad bo'lishdek o'z maqsadi borligi barchani xursand qiladi. Bugun berilayotgan savob va yordam albatta ertaga o'z nishonasini ko'rsatadi.