Har sohaning o'z siri bor. Qish faslida asalarichilik sohasi...

26-01-2022 | 22:14

743

Qish faslida uy atrofidagi 100 dan ortiq asalari qutilari hududga o'zgacha ko'rk bag'ishlab turibdi. Bugun Beruniy tumani, Tinchlik OFY hududidagi asalarichilik bilan shug'ullanadigan tadbirkor xonadoniga tashrif buyurdik. Qishda asal bo'ladiyu asalari nima qiladi deb o'ylayotgandirisiz. Buning ham o'ziga yarasha sir-sinoati bo'lar ekan. Asalarilarni sovuqdan saqlash, vaqtida oziqlantirib turish ayniqsa, namlanmasligi uchun qo'llaniladigan amaliy ishlarni o'z vaqtida bajarib turish shart va zarur dedi asalarichi tadbirkor Pulat Ametov.

 

Daraxtlar gullashi bilan asalarilar ham ko'payib boshlaydi, ungacha bularni sovuqdan olib chiqishimiz kerak. 23 yildan beri shu soha bilan shug'ullanaman. Oilaviy daromadimizning asosi bu kasb-kor deb qoldi. Asal ming dardga davo deb bekorga aytishmagan. Tibbiyotda, xalq tabobatida keng qo'llaniladi. Yillar o'tsa ham aynimaydigan mahsulot, qaytanga foydalilik hususiyati ortadi deya faoliyatini so'zlab berdi tadbirkor. Sohada shogirdlarim juda ko'p. Bir quti asalari bilan o'z ishini boshlab, 100 qutigacha yetkazib ish faoliyatini kengaytirganlari ko'p. Bir qutida boqilgan asalari bir mavsumda 20 kilogacha asal beradi. Bugungi kundaasalning bozordagi narxi 50 ming so'm. Mexnatiga yarasha foydasi ham barakali.

 

 Asal asalarilar orqali tabiatdan olinadi. Demak, inson organizimiga har tamonlama foydasi yuqori. Tinchlik OFY ga tayinlangan hokim yordamchisi Jaxongir Berdiboevning ma'lumotlariga ko'ra hududda 10201 nafar aholi, 1833 ta xonadonlarda istiqomat qilayotgan bo'lsa, asosiy drayver sohalar chorvachilik, parrandachilik va bog'dorchilik hisoblanadi. Endilikda asalarichilik sohasini ham klaster sohaga aylantirib, ishsiz aholiga kredit asosida yetkazibberib sir-sinoatini o'rgatish orqali, oilalarning daromadga ega bo'lishini ta'minlashni maqsad qildik deb aytib o'tdi.

 

Asosiy maqsadimiz hududda kambag'allikni qisqartirish, aholini tadbirkorlikka jalb etish va shu orqali farovon turmushni ta'minlashdir deya o'z fikrini bildirib o'tdi. Mexnatdan kelsa boylik turmush bo'lar chiroylik. Asalarichilik sohasidan foyda topib, bugungi kuniga shukronalik hissi so'zlaridan va chaqqon hatti-harakatlaridan yaqqol bilinib turgan tadbirkorni ko'rib zamondashimizga tasanno dedik.