Aliment qarzdorligini undirish bo'yicha prokuror boshchiligida muvofiqlashtiruvchi SHTAB tashkil etildi.

07-02-2024 | 15:58

101

Mamlakatimizda oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish davlat va jamiyat hayotining muhim masalalaridan biri bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasiga muvofiq, ota-onalar va ularning o'rnini bosuvchi shahslar o'z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta'lim olishi, sog'lom, to'laqonli va har tomonlama kamol topishi hususida hamg'o'rlik qilishga majburdirlar.

Bu borada aliment undirish bilan bog'liq masalalarning to'g'ri va o'z vaqtida hal etilishi bolalar huquqlarining muhofazasi, kerakli tarbiya va ta'lim olishlari, sog'lom ulg'ayishlari bilan bir qatorda,ota-onalarning ular tarbiyasi bilan bog'liqmas'uliyatini oshirilishini ta'minlaydi.

O'tgan davrda tumanda alimentlarni undirish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.Jumladan, ajrashgan oilalar o'rtasida targ'ibot tadbirlari o'tkazilishi natijasida 183 ta oilani yarashtirishga erishildi.Hamkorlikda tashkillashtirilgan mehnat yarmarkalari natijasida 70 ta aliment to'lovchilar doimiy ishga joylashtirildi. Aliment qarzini to'lashdan bo'yin tovlab yurgan shaxslarning 26 nafariga qidiruv e'lon qilindi, 14 nafariga ma'muriy chora ko'rildi, 2 nafar ashaddiy qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, jazo muqarrarligi ta'minlandi.

Sohada qonuniylikni ta'minlash orqali muayyan ko'rsatkichlar yaxshilangan bo'lsada, biroq kutilgan natijalarga erishilmasdan qolinmoqda. Jumladan, byuro organlari ish yurituvidagi aliment undiruviga oid 980 tadan ortiq ijro ishlarining 152 tasi bo'yicha qarzdorliklar muddatida undirilmayotganligi sababli muammoli bo'lib, un

diruvchilarning nafaqat byuro, balki davlat boshqaruvi va xuquqni  muhofaza qiluvchi organlarga undiruvni ta'minlab berishni so'rab ko'plab shikoyatlar qilishlariga sabab bo'lmoqda. E'tiborlisi, birgina mazkur ijro xujjatlari bo'yicha qarzdorlik 3,1 mlrd, so'mni tashkil etmoqda.

Muammoli ijro hujjatlari bo'yicha qarzdorlarning 96 nafari 20 mln. so'mgacha bo'lgan 1,3 mlrd, so'mlik, 48 nafari 50 mln. so'mchaga bo'lgan 1,4 mlrd. so'mlik, 3 nafari 196 mln. so'mlik alimentlarni to'lamagan.Biroq, ushbu hujjatlar ijrosini ta'minlashga mas'uliyat bilan aniq va manzilli yondashilmayotganligi, undiruvchi va qarzdorlar bilan individual tarzda ishlanmayotganligi kabi salbiy harakalatlar, bu borada ular bilan alohida ishlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar belgilashni

taqozo etmoqda.Ahamiyatlisi, mazkur 980ta muammolari ijro hujjatlari bo'yicha undiruvchilar qaramog'ida 2.110 nafar bolalar tarbiyalanayotgan bo'lib, aliment to'lovlarining muddatida undirilishida mavjud nuqsonlar ularning sog'lom ulg'ayishlariga salbiy ta'sir ko'rsatmokda.

Yuqoridagilarga ko'ra, ushbu voyaga yetmaganlarning ta'minotida mavujud ijtimoiy - ikdisodiy muammolar, ta'lim va tarbiyasi, sog'lig'i holatini  alohida yondashuv asosida o'rganish ular bilan yakka tartibda va aniq maqsadga yo'naltirilgan ishlarni olib borish, ularni ijtimoiy va ruhiy

qo'llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tizimli yo'lga qo'yish lozim.

Aliment undiruvi bilan bog'liq muammoli ijro hujjatlari ijrosini ta'minlash borasida kompleks chora-tadbirlar belgilab, qarzdorliklarni undirish, oilalarda ijtimoiy-ma'naviy va ahloqiy muhitni sog'lomlashtirish, oilalarni tiklash, qarzdorlarning bandligini ta'minlash, qidiruvdagilarni topish hamda bunday oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarning haqiqiy yashash sharoitini o'rganib, mavjud muammolarni bartaraf etish orqali ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida respublika davlat boshqaruvi va huquqni muhofaza qiluvchi organlari, mutasaddi korxona, tashkilot va muassasalar hamkorligini kuchaytirish orqali ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha Beruniy tumani prokurori va tegishli mas'ullar ishtirokida o'tkazilgan yig'ilish davomida vertikal ishlash tizimi bo'yicha tuman prokurori rahbarligida muvofiqlashtiruvchi shtab tashkil qilish bo'yicha kelishib olindi.