Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti professor o'qituvchilari ishtirokida dars mashg'ulotlari tashkil qilindi.

12-05-2022 | 01:03

720

Beruniy tumani maktablarining 10-11sinf o'quvchilariga Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti professor o'qituvchilari ishtirokida dars mashg'ulotlari tashkil qilindi.

 

Tumanlardagi maktablarga biriktirilgan oliy o'quv bilim yurtlari o'quvchilarning fanlarga qiziqishi va oliy ta'limga jalb qilish bo'yicha o'z tushuntirishlarini olib boradi.

 

#Nukus davlat pedagogika instituti tarix fakultetining geografiya kafedrasi o'qituvchilari bilan xamkorlikda, Beruniy tumani XTB ga qarashli 27-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida  “Yosh geograf" ko'rik tanlovi noa'nanaviy tarzda o'tkazildi. Tanlovda maktabning 10 B, D, G sinf o'quvchilaridan tuzilgan 3 ta guruh bellashdi.

 

 #Natijada 10 G sinfning "Everest" guruhi g'olib bo’lib, 1-o'rinni egalladi. Faol ishtirok qilgan 3 ta guruhga Nukus davlat pedagogika instituti, tarix fakul`teti dekani Maman Kitaybekovich Saribaev tomonidan, faxriy yorliq va qimmatbaxo sovg'alar topshirildi. Bu ko'rik-tanlov o'quvchilarda juda katta taa'ssurot qoldirdi.