7 nafar tug'ma yurak nuqsoni bo'lgan beruniylik bolalarda yuqori texnologiyali jarroxlik amaliyotlari o'tkaziladi.

20-09-2023 | 16:47

347

Mamlakatimizda so'ngi yillarda “xalqchil tibbiyot” atamasi tez-tez qo'llanilib, bu borada chet el mutahassislari bilan hamkorlikni kengaytirish va zamonaviy jarrohlik usullarini qo'llagan holda bemorlar dardiga davo bo'lish yo'lga qo'yilgan. Shunga muvofiq joriy yilning sentyabr oyi oxirigacha Nukus shaxrida Amerikaning Global Cardiac Alliance fond boshlig'i professor William Novick boshchiligida bir guruh kordijarrohlar, O'zbekiston Respublikasi Bolalar milliy tibbiyot markazi mutahassislari, Qoraqalpog'iston tibbiyot instituti shifokorlari hamkorligida tug'ma yurak nuqsoni bo'lgan bolalarda ochiq turdagi yurak operatsiyalarini amalga oshirishni rejalashtirgan. Shu munosabat bilan hozirda Qoraqalpog'istonning barcha tumanlarida kardiojarroh shifokorlarning ko'riklari tashkil etilgan. Bugun Beruniy tumanida ham Bolalar milliy tibbiyot markazi bosh shifokori Baxtiyor Umarov boshchiligida tug'ma yurak nuqsoni bor 18 nafar bolajonlar tibbiy ko'rik va UTT tekshiruvidan o'tkazildi. 4 nafar bola Nukus shaxrida jarrohlik amaliyotini yaqin kunlar ichida o'tkazish uchun yo'llanma berildi, 2 nafar bola noyabr oyida jarrohlik amaliyotini o'tkazadi, yana bir nafar bola Bolalar milliy tibbiyot markazida operatsiya qilinadigan bo'ldi. Doimiy shifokor nazoratida bo'ladigan bolalarga kerakli muolaja va tavsiyalar berildi. Amerika-O'zbekiston hamkorligidagi tibbiy loyihalar, to'g'ma yurak nuqsoni kasalligi bo'lgan bolalarda endilikda bu kasallikdan qiynalmasligini, yuqori texnologik operatsiyalar o'tkazib qoraqalpog'istonlik bolalarni dardiga darmon bo'lishni oldiga maqsad qilganlar. Qoraqalpog'istonlik 50 nafar bolalarda bunday operatsiyalar amalga oshiriladi.