2024 yilgi “Mo’ta'bar ayol” ko'krak nishonining sohibasi

07-03-2024 | 22:57

138

Jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko'rsatgan, o'zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo'shgan, shuningdek, sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma'naviy-axloqiy muhitni sog'lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ'ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni munosib taqdirlash maqsadida tashkil etilgan “Muta'bar ayol” ko'krak nishonining bu yilgi beruniylik sohibi 40 yildan ortiq qishloq xo'jaligining pillachilik sohasida faoliyat yuritgan Muxabbat Annamuratova bo'ldi. Bugun Nukus shaxrida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o'tkazilgan tantanali bayramda mazkur ko'krak nishon o'z egalariga topshirildi. Muxabbat Annamuratova uzoq yillar pillachilik sohasining rivojiga hissa qo'shib, uy sharoitida o'tirgan xotin-qizlarni ish bilan ta'minlashda, ularning oilaviy farovonligiga hissa qo'shishda o'z mexnati va tajribasini ayamagan. Mukofot muborak bo'lsin. Bu butun beruniylik ayollarga M.Annamuratova timsolida berilgan eng yuksak e'tirofdir.