2023 yilda aholini ro'yxatga olish tadbiri o'tkaziladi.

29-01-2022 | 15:32

733

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil

11 noyabrdagi “O'zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro'yxatga olishga tayyorganrlik ko'rish va uni o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 710-sonli qaroriga muvofiq, respublikamizda 2023 yilda aholini ro'yxatga olish tadbiri o'tkaziladi.

Respublikamizda oxirgi marta aholini ro'yxatga olish ishlari amalga oshirilganligiga 30 yil bo'ldi. Buning natijasida aholining haqiqiy hayot tarzini o'rganish va ularga amaliy yordam ko'rsatishda qator qiyinchiliklar vujudga keldi.

Aholini ro'yxatga olish jarayoni uch bosqichni qamrab oladi.

Birinchisi - tayyorgarlik bosqichi. Bu uch yilga yaqin vaqt davom etadi.

Bunda, aholini ro'yxatga olish jarayonlarida faol ishtirok etishi bo'yicha aholi o'rtasida targ'ibot ishlarini olib borish, reklama roliklari, logotip va shiorlar ishlab chiqish hamda aholini ro'yxatga olish bilan bog'liq hujjatlar, jumladan, ro'yxatga olish varaqalari, ro'yxatga olishni tashkil etish va o'tkazish, uning natijalarini olish va e’lon qilish metodologiyasini ishlab chiqish hamda boshqa shu kabi tadbirlar amalga oshiriladi.

Ikkinchisi - asosiy bosqich 10 kundan 60 kungacha davrni o'z ichiga oladi. Bunda bevosita aholini ro'yxatga olish amalga oshiriladi, ya’ni aholi to'g'risidagi ma'lumotlar yig'iladi, nazorat tekshiruvi o'tkaziladi va ro'yxatga olish materiallari topshiriladi.

Uchinchi-bosqichda aholini ro'yxatga olishga doir birlamchi materiallarni ma'lumotlarni qayta ishlash bo'yicha ixtisoslashgan tuzilmalar tomonidan qabul qilib olinadi, olingan materiallar avtomatlashtirilgan tizimda qayta ishlashga tayyorlanib, birlamchi ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan dasturlarga kiritish uchun kodlanadi, nazorat va tahrir qilinadi, aholini ro'yxatga olish bo'yicha dastlabki natijalar olinib, olingan natijalar e’lon qilinadi va tarqatiladi. Mazkur boschiq 2 yildan 3 yilgacha bo'lgan davrda amalga oshiriladi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi 710-sonli qaroriga muvofiq, mamlakatimizda aholini ro'yxatga olish 2023 yil 1-25 noyabr kunlarida amalga oshirilishi belgilab berilgan.

Ruyxatga olishni tashkil etilishida asosan MDH davlatlaridan Belorussiya, Rossiya tajribalaridan foydalanildi. Aholini ruyxatga olish bir oy davom etsa, birlamchi natijalar 2024 yilda e’lon kilinadi.

Ruyxatga olish jarayonida har bir ro'yxatga oluvchiga aholi punktining xaritasidan kelib chiqqan xolda  350-450 kishidan, borishi qiyin bo'lgan va olis hududlarda aholining soni o'rtacha 250 nafardan taqsimot kilib beriladi. Ro'yxatga oluvchi 12 kun muddat ichida belgilangan aholini tasdiqlangan shakllar asosida uyma-uy yurgan holda ruyxatga olib chikadi. Olingan ma'lumotlarning sir saqlanishi kafolatlanadi. To'ldirilayotgan shakllarda har bir shaxs to'g'risidagi ma'lumotlardan tashqari, turar joyning xususiyatlari, ya’ni yashash joyida mavjud qulayliklar, shu jumladan sanitariya-gigienik sharoitlar, uy xujaligi a'zolari tomonidan uzoq vaqt mobaynida foydalaniladigan vositalar bilan ta'minlanganligi to'g'risidagi ma'lumotlar ham olinadi.

Axolini ro'yxatga olishda birinchidan, aholi soni to'g'risidagi aniq ma'lumotga ega bo'lamiz, ikkinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlar, demografik holat, aholining jinsi, yoshi, millati bo'yicha ma'lumotlarni olamiz. Ushbu ko'rsatkichlar Iktisodiy rivojlanish dasturlari  belgilanishida yordam beradi.

Hozirgi paytda dunyoning deyarli barcha davlatlarida aholini ruyxatga olish ishlar olib borilmokda. Ushbu jarayonni muvofakkiyatli va to'laqonli bajarish bilan birgalikda respublikamizning har bir aholi punktlari bo'yicha yagona axborot bazasi yaratiladi.