15 fevral Afg'onistonda diniy ekstermizm va xalqaro terrorizmga qarshi harbiy harakatlar tugatilgan kun.

16-02-2024 | 15:02

78

Sana munosabati bilan o’tkazilgan bayram tadbirida Beruniy tumani hokimi I.Xidirov ishtirok etdi.

SSSR qo'shinlarining Afg'oniston chegarasini tark etib, urush harakatlarini tugatganligiga 35 yil to'ldi. Afg'on urushida 65 ming nafar o'zbek yigitlari qatnashib 1500 nafardan ko'prog'i halok bo'lgan.

Vatan tinchligi, insoniyat farovonligi yo'lida jon fido qilgan o'g'lonlar xotirasi abadiy qalblarda saqlanajak.

Tarixda har bir sananing o'z o'rni va ahamiyati bor. Bugungi kun ham Afg'on diyoridagi olovli janglarda ishtirok etib, vatan tinchligi va osoyishtaligi yo'lida jon fido etgan vatandoshlarimizning mangu xotiralarini yod etadigan bayram sanasi sifatida tarixga muxrlangan.

Ma'lumki, 1979-1989 yillar mobaynida Afg'oniston hududida bo'lib o'tgan harbiy harakatlarda Qoraqalpog'iston Respublikasidan 3580 nafar jangchi faxriylarimiz mardonavor ishtirok etgan.

Bugun Mustaqil davlatlar hamdo'stligi mamlakatlarida barcha jangchi-faxriylar ishtirokida Afg'onistondagi harbiy harakatlar tugatilganligining 35 yilligi keng nishonlanmoqda.

Yoshlikning eng beg'ubor damlarini beayov jang maydonlarida qoldirgan vatandoshlarimizning ruxiy kechinmalari faqat o'zlariga ayon. Shunday bo'lsa ham, inson xotirasi abadiy, uning mardligi va matonati oldida doim ta'zim qilamiz.

Vatan sarhadlarini himoya qilish, Afg'on diyorida terroristik-ekstremistik guruhlarni yo'q qilishga qaratilgan urush harakatlari tugatilgan bo'lsa ham uning ruxiy zarbasi yillar davomida o'z ta'sirini yo'qotmagan. Afg'on urushida qatnashgan 267 nafar Beruniylik yurtdoshlarimiz bugun davlatimiz himoyasida.