14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan Beruniy tumani hokimi Xidirov Ikram Torebaevichning yurtdoshlarimizga bayram tabrigi

14-01-2024 | 10:42

109

Yurtimizda yana bir katta va sharafli bayram O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 32 yillgi hamda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” bilan butun xalqimizni samimiy muborakbod etaman.

Ushbu qutlug' ayyomda o'z hayotini Vatan himoyasidek ulug' ishga bag'ishlagan azmu shijoatli harbiylarimizni sharaflab, xalqimiz, mamlakatimiz tinchligi va xavfsizligi yo'lidagi xizmatlarini ayamayotgan barcha yurtdoshlarimizga chuqur minnatdorchilik bildiraman.

Mutafakkir shoir Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, bu dunyoda er yigitning eng buyuk, ezgu va muqaddas vazifasi, avvalo, o'z oilasi, Vatani va xalqini munosib himoya qilishdan iboratdir.

Biz sizlar bilan—ana shunday g'oyat mas'uliyatli va olijanob vazifani sharaf bilan ado etib kelayotgan mard va jasur, el-yurtga sadoqatli o'g'lonlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Vatan sarhadlarini qo'riqlab, yurtdoshlarimizning tinchligi va xotirjamligi yo'lida mardona xizmat qilayotgan yurtimizning azamat yigitlariga sixat-salomatlik, oilaviy baxt, sharafli xizmatida yutuqlar tilayman

Bayramingiz muborak bo'lsin!

Hurmat bilan Beruniy tumani hokimi Xidirov Ikram Torebaevich.