Shox va shoir Zaxiriddin Muxammad Bobur tavalludiga 540 yil to'ldi

14-02-2023 | 19:14

609

Bugun buyuk shoir, tarixchi, iste'dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi - Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo tavalludiga 540 yil to'ldi.  Bobur o'z asarlari bilan o'zbek adabiyoti va tili rivojiga munosib hissa qo'shgan.

 

 Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi.

 

Bobur tavalludiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, g'azalxonlik kechalari Beruniy tumanidagi 19-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida keng nishonlandi. Yosh tarbiyalanuvchilar Boburning hayoti va ijodiga to'xtalib ruboiy va g'azallarini aytib o'tdi. Sahna ko'rinishlarini namoyish qilish orqali, tarixiy davrlarni o'zida aks ettirgan alohida muxitni yarata oldi.

Ta'lim-tarbiya muassasalarida bolajonlarni millatimiz tarixiga sadoqat ruxida tarbiyalash orqali, vatan tuyg'usi yosh qalb egalariga singdirilmoqda.