20-01-2022 | 18:00
1763
Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Saparbaev Atabek Xudaybergenovich ochib berdi va olib bordi.
Sessiya majlisida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, hokim o'rinbosarlari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
Sessiya kun tartibidagi birinchi masala.
1. Tumandagi sektor rahbarlarining tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, fuqarolarning bandligini ta'minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan vazifalar bo'yicha “Yo'l xaritasi”ni tasdiqlash to'g'risida.
Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan tuman sektorlari rahbarlari axborot berdi.
Sessiya kun tartibidagi ikkinchi masala.
2. Tumanda 2021 yilda qonuniylik va huquq tartibotni mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashni kuchaytirish yuzasidan olib borilgan ishlar yuzasidan Beruniy tumani prokurorining axboroti to'g'risida.
Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan tuman prokurori Xalmuratov Rasul Tlegenovich axborot berdi.
Sessiya kun tartibidagi uchinchi masala.
3. Beruniy tumanidagi sud organlarining 2021 yil davomidagi o'z faoliyati yuzasidan axboroti to'g'risida.
Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan fuqarolik ishlari bo'yicha Beruniy tumanlararo sudi raisi Keunimjaev Joldas Abdullaevich axborot berdi.
Sessiya kun tartibidagi to'rtinchi masala.
4. Tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi haqida huquqni qo'llash amaliyoti to'g'risida tuman Adliya bo'limining axboroti to'g'risida.
Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan tuman Adliya bo'limi boshlig'i Raimbekova Saltanat Maxsetovna axborot berdi.
Sessiya kun tartibidagi beshinchi masala.
5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5633-sonli farmoni ijrosi yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Beruniy tumanidagi Xalq qabulxonasi mudirining axboroti to'g'risida.
Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Beruniy tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Allabergenov Umid Reimbaevich axborot berdi.
Sessiya kun tartibidagi oltinchi masala.
6. Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining hamda doimiy komissiyalarining 2022 yilga mo'ljallangan ish rejalarini tasdiqlash to'g'risida.
Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyati mudiri Seytimov Baxtiyar
Sessiya kun tartibidagi yettinchi masala.
7. Beruniy tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to'g'risida.
Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan tuman hokimining birinchi o'rinbosari Primov Furqat Saparbaevich axborot berdi.
Sessiya kun tartibidagi sakkizinchi masala.
8. Beruniy tumanida 2022 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo'yicha amalga oshiriladigan ishlar to'g'risida.
Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan tuman hokimining birinchi o'rinbosari Primov Furqat Saparbaevich axborot berdi.
Sessiya kun tartibidagi to'qqizinchi masala.
9. Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisining 2022 yil 10 yanvar` kungi 318-B sonli “F.S.Primovni Beruniy tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari - iqtisodiy rivojlantirish va kambag'allikni qisqartirish bo'limi boshlig'i lavozimidan ozod qilish to'g'risida”gi farmoyishi asosida tuman hokimining 2022 yil 17 yanvar` kungi 11-13-182-Q/22-sonli qarorini tasdiqlash to'g'risida.
Sessiya kun tartibidagi o'ninchi masala.
10. Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisining 2022 yil 10 yanvar` kungi 319-B sonli “D.A.Abdullaevni Beruniy tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha o'rinbosari lavozimidan ozod qilish to'g'risida”gi farmoyishi asosida tuman hokimining 2022 yil 17 yanvar kungi 14-13-182-Q/22-sonli qarorini tasdiqlash to'g'risida.
Sessiya kun tartibidagi o'n birinchi masala.
11. Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisining 2022 yil 10 yanvar` kungi 320-B sonli “M.K.Kurbanbaevani Beruniy tumani hokimining o'rinbosari – mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i lavozimidan ozod qilish to'g'risida”gi farmoyishi asosida tuman hokimining 2022 yil 17 yanvar kungi 13-13-182-Q/22-sonli qarorini tasdiqlash to'g'risida.
Sessiya kun tartibidagi o'n ikkinchi masala.
12. Beruniy tuman hokimining 2022 yil 17 yanvar` kungi “Beruniy tumani Moliya bo'limi mudiri O.X.Mambetsaburovni egallab turgan lavozimidan ozod qilish to'g'risida”gi 12-13-182-Q/22-sonli qarorini tasdiqlash to'g'risida.
Sessiya kun tartibidagi o'n uchinchi masala.
13. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo'jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 20-sonli hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 noyabrdagi “Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan