Виртуальная приёмная

Звук

Шрифт

A

A

A

г. Беруний

Yoshlar yetakchilari “Vatanparvar” tashkilotida uchrashuv oʼtkazdi.

22-06-2022 | 09:36

717

 “Vatanparvar” tashkiloti Beruniy tuman Oʼquv sport texnika klubida haydovchilikka oʼqiyotgan “Yoshlar daftari” da turgan yoshlar va  mahallada faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari bilan birgalikda o’quv jarayoni bilan tanishdi.

Dastlab, yetakchilar nazariy bilim olayotgan yoshlarni  30-iyun  “Yoshlar kuni” bayrami munosabati bilan tabrikladi. Yoshlar siyosati borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar hususan, yoshlarning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq oʼyinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, besh tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlar haqida aytib o’tdi.

Shuningdek, mahallalarda oʼtkazilayotgan mini-futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, velosport, yugurish, shaxmat-shashka, badminton, kamondan o’q otish boʼyicha musobaqalari haqida maʼlumot berib o’tdi. ”Vatanparvar “tashkiloti da yoshlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. "Vatanparvar" tashkiloti Beruniy tuman oʼquv sport texnika klubi boshligʼi Sh.Matsapaev tashkilot faoliyati, uning rivojlanish yoʼllari, jamiyatda tutgan oʼrni va ommaviy texnik kasblarga oʼqitish kurslari faoliyati toʼgʼrisida tadbir ishtirokchilariga batafsil ma’lumot berib o’tdi.