Виртуальная приёмная

Звук

Шрифт

A

A

A

г. Беруний

Vatanparvarlik tadbiri davomida

12-02-2022 | 22:41

728

Har birimiz yoshlik davrimizdan harbiy qurollarga qiziqimiz. Katta bo'lgan sari ko'rgazmalar orqali tomosha qilish yoki harbiy xizmat jarayonida foydalanishimiz mumkin. O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi Vatanparvar tashkilotida yoshlarga bu bo'yicha maxsus harbiy sport musobaqalari o'tkaziladi. Bugungi tadbir ham shu haqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-yanvardagi PQ-92-sonli karorining ijrosini ta'minlash maksadida yoshlarni Harbiy Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilganligi hamda  Afg'oniston Respublikasi hududida  jangovar harakatlar tugatilganligining  33 yillik bayrami munosabati bilan  ,”Vatanparvar”  tashkiloti Beruniy tuman O'STKda O'zbekiston Respublikasi “VETERAN”  jangchi faxriylar va nogironlar birlashmasi tuman bo'limi, XTB Mudofaa bo'limi,”Vatanparvar”  tashkiloti Beruniy tuman O'STK hamkorlikda  harbiy sport musobaqasini o'tkazdi.Musobaqa pnevmatik quroldan o'q otish,AK-74 o'kuv qurolini noto'liq qismlarga ajratish sport turlaridan o'tkazildi.Musobaqa yakunida g'oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.                                                                         🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati