15-11-2023 | 17:43
172
Mamlakatimizda yetakchi partiya hisoblangan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashkil topganligining 20 yilligi keng nishonlanmoqda.
Shu munosabat bilan Beruniy tumanida ham partiya faollari ishtirokida davra suhbati o’tkazildi. Tadbirni O'zLiDeP Beruniy tumani Kengashi apparat rahbari R.Yuldasheva kirish so'zi bilan ochib, O'zLiDeP o'zining asosiy elektorati hisoblangan tadbirkorlar, ishbilarmon va fermerlar manfaatlarini himoya qilish borasidagi o'rni, mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlash, xalqimiz turmush farovonligini oshirish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek tarixiy jarayonga hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ijrosini ta'minlashda qo'shayotgan hissasi to'g'risida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Tadbirda so'zga chiqqan faol deputatlardan I.Atabaev, L.Xojaniyazova, K.Artikov, M.Yuldashevlar O'zLiDePning 20 yilligi keng nishonlanayotganligini, ushbu siyosiy tuzilma yetakchi partiya sifatida nafaqat o'z elektorati, balki jamiyatimizdagi turli sohalarning huquq va manfaatlarini ham himoya qilib kelayotganligini, shu bois uning tarafdorlari safi tobora kengayib borayotganligini ta'kidladilar. Bundan keyin ham uning hayotbaxsh dasturlari yurt ravnaqi, el farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.
Tadbir doirasida bir guruh faol deputatlar O'zLiDeP Beruniy tumani Kengashi tomonidan partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini aholi orasida keng targ'ib qilishda ko'rsatgan faolligi hamda partiya mavqeini yuksaltirishga munosib hissa qo'shganligi uchun TASHAKKURNOMA va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Семинар по обучению профсоюзов
Besh tashabbus
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi