Виртуальная приёмная

Звук

Шрифт

A

A

A

г. Беруний

Sayyor qabul Og'ir hududda masalalar o'rganildi

11-02-2022 | 22:31

734

Beruniy tumanida og'ir hudud hisoblangan 3-sektor Qizilqal'a OFY da sektor rahbarlarining aholi va yoshlar bilan sayyor qabuli bo'lib o'tdi. Bu haqda avvaliroq kanalimiz orqali xabar bergan edik. Bugungi qabul davomida Qaraqalpog'iston Respublikasi qishloq va suv ho'jaligi vaziri D.Kaypov qatnashib, aholining suv muammosi bo'yicha savollariga javob berdi. Oqava suv masalasi bu hududlarda muammo bo'lib, ayniqsa ekin ekish davrida murojaatlarning ko'payishiga sabab bo'ladi. Suv bo'yicha aytilgan murojaatlarga tushuntirishlar berildi.

 

Bundan tashqari sektor rahbarlariga elektr energiyasi bo'yicha 2 ta, ichki yo'llarni ta'mirlash bo'yicha 4 ta, uy-joy qurish uchun yer o'rni olish bo'yicha 1 ta murojaatga tushuntirishlar berildi. Asosan yo'l, elektr energiyasi bo'yicha ochiq byudjet tashabbusida mobil telefondan kirib, ovoz berish yo'li orqali g'olib bo'lish hamda bu muammolarni hal etish tizimi tushuntirildi.

 

Yoshlar tomonidan aytilgan 2 ta murojaat joyida hal qilindi. Ya'ni parrandachilik bilan shug'ullanish istagidagi yoshning inkubator masalasi hamda tadbirkorlik istagidagi yoshning bo'sh turgan yerni auksionga qo'yib berish borasidagi masalalari joyida hal etildi. Taklif va fikrlarning o'rganilishi, murojaatlarning o'z vaqtida hal etilishi fuqarolarning davlat hokimiyatiga bo'lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi. Shu o'rinda fuqarolardan ham jamoatchilik nazorati o'rnatishini, hozirda ijtimoiy tarmoq orqali targ'ib etilayotgan ochiq byudjetda tashabbus ko'rsatib, hududning rivojlanishida o'z hissasini qo'shishni so'rab qolamiz.