Виртуальная приёмная

Звук

Шрифт

A

A

A

г. Беруний

RASMIY MUNOSABAT

23-02-2022 | 12:16

1098

Beruniy tumani Tinchlik ovul fuqarolar yig'ini Toza bog' aholi manzilida yashovchi fuqaro G.Qalandarovaning ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilgan video murojaatiga, Majburiy ijro byurosi Beruniy tumani bo'limining rasmiy javobi.

 

Fuqarolik ishlari bo'yicha Beruniy tumanlararo sudining 21.02.2019 yilgi Beruniy tumani “Tinchlik” OFY, Toza-bog' aholi manzilidagi undiruvchi SH.Nurullaevga tegishli turar joyning janub tomoni eniga 7,7 metr, shimol tomoni eniga 5,7 metr, uzunligi 75,2 metr, jami 502,9 m2 yer maydoni ichiga qurilgan turar joy javobgar YA.Xo'janapesovning hisobidan majburiy buzib tashlash va yer maydoni yaroqli holatga keltirish to'g'risidagi ijro hujjati, Byuroning Beruniy tuman bo'limi ish yurituviga 13.09.2019 yilda kelib tushib, tegishli tartibda ijro ishi yuritishi qo'zg'atilgan va qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.

  Ijro harakatlari davomida, 03.05.2019 yildagi ajrimiga asosan, YA.Xo'janapesovga ijro ishi kassatsiya tartibda ko'rilgunga qadar ijro harakatlari to'xtatilgan va 10.07.2019 yildagi ajrimi bilan ijrosi davom ettirilgan.

    14.11.2019 yilda ijro ishi bo'yicha majburiy ijro harakatlari davomida “XYNDAY” rusumli ekskavator yordamida ijro hujjatida ko'rsatilgan turar joy buzilib yarokli holatga keltirildi va bu xaqida dalolatnoma rasmiylashtirilib, 16 noyabr` kuni ijro ishi O'zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida”gi Qonunining 41-modda, 1-bandiga asosan tamomlangan.

  Shundan keyin, 04.02.2022 yilda, Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i tomonidan, davlat ijrochisining 16.11.2019 yildagi ijro ishi yuritishni tamomlash to'g'risidagi qarori bekor qilinib, ijro hujjati qayta ijroga qaratildi.

  Shundan so'ng, ijro harakatlari davom ettirilib, tegishli tashkilotlarga “Jamoat tartibini saqlanishini ta'minlash va ijro hujjatini majburiy ijro qilishda vujudga kelgan to'sqinliklarni bartaraf qilish to'g'risida” xabarnomalar yuborilib, 14.02.2022 yilda ijro harakatlari ohirigacha olib borilgan va shu haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan.  

  Ijro harakatlari paytida karzdorning ishonchli vakili G.Kalandarova mayda toshlar va yog'och bo'laklari bilan taxdid qilib, yog'och bo'lagi bilan IIB profilaktika inspektori R.T. ga tan jaroxati yetkazilgan. Mazkur holat yuzasidan joyida holislar ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtirilib, tuman prokuraturasi tomonidan tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.