Виртуальная приёмная

Звук

Шрифт

A

A

A

г. Беруний

“Rahbar ayollar va yoshlar” uchrashuvi o'tkazildi

21-02-2022 | 21:19

733

Oilada qiz farzand dunyoga kelar ekan, onaning mas'uliyati ikki karra oshadi. Qiz bola tarbiyasi jarayoniga jiddiy va do'stona yondashadi. Ta'lim va tarbiyada ham qiz bolalarga bo'lgan e'tibor alohida hisoblanadi. Bugungi kunda jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar natijasida lider ayollarning targ'ibotlari o'z ta'sirini o'tkazmoqda.

 

Bugun Beruniy tumanidagi bir guruh ayollar, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'ining birinchi o'rinbosari P.Razzakova boshchiligida  “Shimom” ovul fuqaroalar yig'ini faollar zalida Beruniy tumani Adliya bo'limi boshlig'i S.Raimbekova, Xalq deputatlari Beruniy tumani kengashi deputati,  tumandagi 47-umumta'lim maktabi direktori SH.Yegambergenovalar “Shimom” ovul fuqarolari yig'ini yoshlari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

 

Uchrashuvda har bir rahbar ayollar o'zlarining hayoti va faoliyati davomida erishgan yutuqlari bo'yicha davra suhbatini olib bordi. Shuningdek mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, gender tenglikni ta'minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ta'lim va kasbiy ko'nikmalar olishlari hamda tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash yuzasidan tushutirishlar berib o'tdi.